Oʻzbekistonlik migrantlarning aksariyati zoʻravonlik qurboni boʻlmoqda

Markaziy osiyolik mehnat muhojirlarining 76 foizi rasmiy mehnat shartnomasiga ega emas, bu esa ularni ekspluatatsiya va zoʻravonlikka uchrashiga sabab boʻlmoqda. Bu haqda Global ishchilar huquqlari tashkiloti – Solidarity Center maъlum qildi.

Qayd etilishicha, markaziy osiyolik mehnat muhojirlari, ayniqsa, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan xorijga ish izlab ketayotganlar katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Iqtisodiy oʻzgarishlar va siyosiy beqarorlik migratsiya yoʻnalishlariga taъsir oʻtkazmoqda. Avvallari koʻplab ishchilar Rossiyani tanlagan boʻlsa, endilikda ular Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga intilishyapti.

Ayollar va yoshlar migrant ishchilar safida koʻpayib borayotgani ularni oʻzgacha xavf-xatarlarga duchor qilmoqda. Jumladan, muhojirlar ortiqcha ish vaqti uchun haq toʻlanmasligi, kasallik uchun taъtil berilmasligi va boshqa zoʻravonliklarga duch kelmoqda. Bu esa ushbu mamlakatlardan xavfsiz migratsiya strategiyalarini ishlab chiqishni talab etadi.

Mavzuga aloqador