Qozogʻistonning Turkiston shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti Milliy Xavfsizlik Kengashi raislarining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
“Oʻzatom” rahbari Avstriyada MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan Oʻzbekistonda kam quvvatli atom elektr stantsiyasini qurish loyihasi boʻyicha muzokaralar olib bordi. Muzokaralarda «Rosatom» bilan hamkorlikda va MAGATE tavsiyalariga toʻliq amal qilgan holda dastlabki ishlar allaqachon boshlangani qayd etildi.
Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konidan vodorod sulʻfid (oltingugurt gazi) sizib chiqishi qaytadan boshlandi. 4 kishi halok boʻlgani aytilmoqda (rasmiy manbalarda – 2 kishi), jarohatlanganlar ham bor.
Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yoʻlida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadam ekani qayd etildi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish boʻyicha tinchlik rejasini qoʻllab-quvvatladi. U urushning yanada avj olishi «tuzatib boʻlmaydigan oqibatlarga» olib kelishi, «qoʻshni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak»ligini taʻʻkidladi.
Ostona shahrida "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammiti boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev unda ishtirok etish uchun Qozogʻistonga joʻnab ketdi.
Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts Markaziy Osiyoga ilk tashrifi doirasida Oʻzbekistonda boʻldi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad nima, qanday kelishuvlarga erishildi?
Fergani Space bosh direktori Selchuk Bayraktar kompaniyaning birinchi sunʻʻiy yoʻldoshi bu yil uchirilishini maʻʻlum qildi. Shirkat 2030 yilgacha koinotga 130 ta "Fargʻoni" sunʻʻiy yoʻldoshlarini uchirishni rejalashtirgan.
8-13 sentyabrʻ kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida V Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda 89 davlatdan 21 sport turi boʻyicha 2500 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Navbatdagi oʻyinlarga mezbonlik qilish estafetasi Qirgʻizistonga topshirildi.