Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Ukraina, Rossiya va Belarusda xizmat qilgan Oʻzbekiston fuqarosi jazoga tortildi. Uning «Artemovskni ozod qilganlik uchun» medalini olgani va Evgeniy Prigojin bilan «adolat marshi»da qatnashgani aniqlandi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 sentyabrʻ kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalinni qabul qildi. Uchrashuvda xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga alohida eʻʻtibor qaratildi.
Andijon viloyatidagi Qirgʻiziston bilan chegaradosh «Qorasuv» chegara bojxona posti 14 yildan soʻng qayta ochildi. Postdan kuniga 12 mingdan ortiq kishi oʻtib-qaytishi mumkin. Namangan viloyatida «Uchqoʻrgʻon» nazorat-oʻtkazish punkti ham ochiladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya va MİT rahbari Ibrohim Qalin Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif chogʻida “uch tomonlama uchrashuv formatida” maslahatlashuvlar oʻtkazilishi maʻʻlum qilindi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda “belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagan” 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani maʻʻlum qilindi
34 ta harfdan iborat umumiy turk alifbosi taklifi yuzasidan kelishuvga erishildi. Taklif etilayotgan alifbodagi har bir harf turkiy tillarda uchraydigan turli fonemalarni ifodalaydi.
Qirgʻiziston prezidenti maʻʻmuriyati xorijliklarga qarshi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Mazkur taklif 17 maydan 18 mayga oʻtar kechasi xorijlik fuqarolar – pokistonlik talabalarga qarshi namoyishlar jiddiy toʻqnashuvlarga aylangani ortidan ishlab chiqildi.
Qirgʻiziston Qozogʻiston ortidan Tolibonni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Mintaqadagi koʻplab davlatlar Kobul bilan keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu davlatlarning Tolibon bilan munosabatlarni yaxshilashga intilishining sababi nimada?
Oʻzbekiston va RF energetika vazirliklari Rossiyaning «Tizim operatori»ni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qoʻshishga kelishib oldi. Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyovning soʻzlariga koʻra, mazkur tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar oʻrtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bogʻliq.
Afgʻonistonlik 160 nafar ayol Oʻzbekistondagi tibbiyot oliygohlarida oʻqitiladi. Oliy taʻʻlim vazirligi va Qatarning Education above all fondi oʻrtasida bu borada memorandum imzolandi. Loyiha asosan Qatar tomonidan moliyalashtiriladi.