Qozogʻiston yil oxirigacha Germaniyaga 1,2 mln tonna neftʻ eksport qilishni rejalashtirgan. Biroq Germaniya etkazib berish hajmini 2,5 mln tonnaga oshirishni soʻragan.
Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida ehson qutisidagi pullarni oʻgʻirlashga uringan shaxs qoʻlga olindi. Ushbu shaxs Gurlan tumanida istiqomat qiluvchi 33 yoshli fuqaro boʻlib chiqdi.
Qozogʻiston Oliy sudi roʻmol oʻragani uchun darsga kiritilmagan oʻquvchi qizni himoya qilib chiqdi. Oliy sud maktab rahbariyatining xatti-harakatlari oʻquvchining taʻʻlim olish huquqini buzganini tan oldi. Qizning advokati shunga oʻxshash ishlar allaqachon Pavlodar, Qaragʻanda, Olmaota va Turkiston viloyatlarida ham koʻrib chiqilgani, barcha hollarda viloyat sudlari oʻquvchi qizlarning huquqlari buzilganligini tan olganini bildirdi.
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, qator tavsiyalar berdi. Jumladan, xavfsizlik choralarini koʻrishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.
Qirgʻiziston Jogorku Keneshi respublikaning birinchi rahbari Asqar Akaevning sobiq prezident maqomini qayta tiklashga qarshi chiqdi. Amaldagi prezident Sadir Japarov parlament ishiga hech qanday taʻʻsir oʻtkazmasligini bildirdi.
Istanbulda turkiy davlatlarning togʻchangʻi kurortlari Ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. U Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston togʻ kurortlari vakillarini birlashtiradi.
Yaqinda Oʻzbekiston-Afgʻoniston chegarasida ochilgan «Termiz» xalqaro savdo markaziga qoʻshni Afgʻonistondan minglab xaridorlar savdo qilish tashrif buyurmoqda. Qayd etilishicha, peshtaxtalar boʻshab qolmoqda. Markazga afgʻonistonliklar maxsus yoʻlak orqali kirish vizasisiz tashrif buyurishlari mumkin.
Oʻzbekiston va uning xalqi shaʻʻni, qadr-qimmati yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. Bunday odamlar roʻyxati yuritiladi. Oʻzbekiston hududidagi bunday shaxslar chiqarib yuboriladi.
Pokiston "Belarus – Rossiya – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston – Hind okeani portlari" xalqaro transport yoʻlagini tashkil etishga rasman qoʻshildi. Ushbu loyihaning Osiyo davlatlari oʻrtasidagi transport aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlashi hamda sanktsiyalar ostida qolgan Belarus va Rossiya uchun jahon dengiziga qoʻshimcha chiqish imkonini berishi kutilmoqda.
Qozogʻistonning Turkiston viloyatida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qatar va Pokiston harbiylari ishtirokidagi “Cheksiz birodarlik-III” mashgʻulotlari yakunlandi. 400 dan ziyod harbiy xizmatchilar qatnashgan mashgʻulotlarga zirhli mashinalar, armiya aviatsiyasi va dronlar jalb etildi.