Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Eron havo hududi yopilgani sababli Oʻzbekistonga parvozlarni vaqtincha toʻxtatdi. Xorshanba kunidagi Jidda — Toshkent — Jidda va Tehron — Toshkent — Tehron parvozlari bekor qilindi. Uzbekistan Airways esa parvozlarni Iroq va Eron havo hududlarini aylanib oʻtgan holda amalga oshirmoqda.
Ozarbayjon ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda Armaniston armiyasi tomonidan joylashtirilgan 158 mingdan ortiq mina va portlamagan oʻq-dorilarni tozaladi. Urush tugaganidan beri ishgʻol paytida arman kuchlari tomonidan oʻrnatilgan mina portlashlari natijasida 70 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok boʻldi, 309 nafari yaralandi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga rejalashtirilgan reysi Eron Isroil hududiga raketa zarbalari uyushtirgani sababli ikki soatga kechikdi.
Istanbul shahrida Turkiyada yashayotgan va taʻʻlim olayotgan vatandoshlarimiz uchun madaniy-maʻʻrifiy tadbir tashkil etildi. Unda, jumladan, Toshkent shahridagi «Oq uy» jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoilov vatandoshlarga halollik, or-nomus, poklik va omonatdorlik dinimiz buyurgan goʻzal axloqlar ekani, ularsiz musulmonning imoni mukammal boʻlmasligi haqida pandu nasihatlar qildi.
Ozarbayjon va Oʻzbekiston harbiylari ishtirokida «Mahorat-2024» qoʻshma taktik qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlari boshlandi. Kompʻyuter koʻmagidagi qoʻshma mashgʻulotlar Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasida 2024 yilga moʻljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi doirasida oʻtkazilmoqda.
Turkiyaning Antaliya viloyati Gazipasha shahrida turmush oʻrtogʻi bilan yashovchi Rossiya fuqarosi Olʻga Karabash Islom dinini qabul qildi. Shahodat kalimasini keltirganidan soʻng u ismini Olʻgadan Oyaga oʻzgartirdi.
AQShning Nʻyu-York shahrida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi oʻrtasida «C5+1» formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga oʻzaro ishonchni mustahkamlash yoʻlida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligini aytdi. Avvalroq Toshkentdagi maktabda rus tili oʻqituvchisi oʻquvchini urgani yuzasidan RF TIV rasmiy vakili Oʻzbekistondan rasmiy tushuntirish soʻralganini maʻʻlum qilgan edi.
Qozogʻiston hukumati Amir Temur tomonidan bunyod etilgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini davlat muhofazasiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mazkur qadam Qozogʻistonda turizm sanoatini yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishi kutilmoqda.
Alisher Qodirov Toshkentda oʻqituvchi oʻquvchini urgani boʻyicha Rossiya TIV Oʻzbekistondan «rasmiy tushuntirish» soʻraganiga munosabat bildirdi. «Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga toʻla oʻzlarining ishlari bilan shugʻullanishsa, toʻgʻri boʻlar edi», — dedi Milliy tiklanish partiyasi raisi.