Yangi qonun loyihasi bilan uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddat davomida chet elda boʻlib qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish belgilanmoqda.
JIB Romitan tuman sudi hukmi bilan A.R. Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismida (yollanish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan. Unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Toshkentda 2025 yilning birinchi yarim yilligida 1880 kishi tilanchilik bilan shugʻullanib yurgani aniqlangan. Iyunь oyida oʻtkazilgan reydlarda 300 ga yaqin shaxs ushlanib, ularning 70 nafariga maъmuriy qamoq, 47 nafariga jarima qoʻllanilgan. 44 nafar bola voyaga etmaganlar markaziga topshirilgani aytilmoqda.
2025 yilning I choragida Oʻzbekistonning yalpi tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarga etgan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboevning tahlil qilishicha, joriy yilning birinchi choragida yalpi tashqi qarz boʻyicha jami foiz toʻlovlari 881 mln dollarni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,4 foizga yoki 98 mln dollarga oshgan.
Qirgʻiziston pasportlari boʻyicha maslahatchi Mixail Juxovitskiy joriy yilning 24 yanvaridan keyin topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmasligini maъlum qildi. "Qirgʻizistonni unuting. Endi fuqarolik olish imkonsiz. Har qancha pul evaziga ham", degan u.
Turkiya va Ispaniya uzunligi taxminan 300 metr boʻlgan yirik aviatashuvchi kema ishlab chiqarishga kelishib oldi. Ushbu uchoq tashuvchi kema har ikki davlat floti manfaatlari yoʻlida xizmat qiladi.
2030 yilga qadar Xitoy Sharqiy Turkistonda yana 6 ta inson organlari transplantatsiya markazini ochishni rejalashtirmoqda – natijada bunday muassasalarning umumiy soni 9 taga etadi. Donorlik darajasi past va aholi soni kam boʻlgan mintaqa uchun bu holat tushunarsizdir.
Hind armiyasi shtab boshligʻi oʻrinbosari general Rahul Singxning taъkidlashicha, Hindiston "Sindur" operatsiyasini boshlagan bir paytda, Turkiya Islom Respublikasini qoʻllab-quvvatlab, urushda muhim rolь oʻynagan. "Bizning chegaradosh ikki dushmanimiz bor edi: endi esa uchta. Pokiston oldingi chiziqda. Xitoy esa unga qoʻlidan kelganicha yordam bermoqda: Pokiston harbiy texnikasining 81 foizi Xitoyda ishlab chiqarilgan. Endi esa ushbu davlatlar safiga Turkiya ham qoʻshildi", degan hind generali.
Oʻzbek bankiri ozod qilingach, darhol shifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy tekshiruvdan soʻng tanasida koʻplab koʻkarishlar va jismoniy shikastlanishlar borligi aniqlangan. Gap shundaki, 48 yoshli bankir Frantsiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida gaz tsiklli elektr stantsiyasi qurilishida ishtirok etayotgan edi. U Parijga ayni shu loyiha doirasida frantsuz hamkorlari bilan uchrashish maqsadida borgan. “Anorbank” rasmiysi rostan ham shunday hodisa roʻy berganini tasdiqladi va Olimov ozodlikka chiqish uchun oʻz shaxsiy pullarini ishlatgani, bankka omonot qoʻygan mijozlarning puli ishlatilmaganini bildirdi.
Qirgʻiziston Milliy bankining maъlum qilishicha, joriy yil boshidan buyon islomiy moliyaga talab qariyb 50 foizga oshgan. Milliy bank mutaxassislarining fikricha, aholi islomiy moliyaviy tashkilotlarning shartlarini anъanaviy banklar va kredit uyushmalariga nisbatan jozibadorroq deb hisoblaydi. Jumladan, 2024 yilda islomiy moliya hajmi 10 milliard somdan oshib, 2023 yilga nisbatan 45 foizga koʻpaygan. 2025 yil yoziga kelib esa bu koʻrsatkich 12,1 milliard somga etgan (oʻsish – 33,6%). Islomiy moliya qoʻllaniladigan barcha sohalarda bu jarayon kuzatilmoqda. Ayniqsa, eng katta oʻsish isteъmol kreditlari segmentida qayd etilgan. Joriy yil boshidan beri fuqarolar islomiy moliyaviy tashkilotlardan turli ehtiyojlari uchun taxminan 2,4 milliard som miqdorida mablagʻ olgan – bu 2024 yil oxiriga nisbatan 49,9%ga koʻp degani.