Oʻzbekiston elchisi Alisher Toʻxtaev Pokiston mudofaa sanoati vaziri Hayat Harraj bilan uchrashdi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) internetda qimor oʻyinlari, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqni imzoladi. Mazkur choralar Oʻzbekiston rezidentlariga shu kabi noqonuniy xizmatlarni taqdim etayotgan xorijiy yuridik shaxslarga ham taalluqli. Buyruq 9 oktyabrdan kuchga kiradi.
Oʻtgan yili Qozogʻiston aholisi folbinlar va astrologlar xizmatiga deyarli 3 milliard tenge (5,7 mln dollar) sarflagan.
Ajablanarlisi, "Toʻy qanday boʻlishi kerak?" degan savolga respondentlarning aksariyati – 39,62 foizi – "Kamtarona" variantini tanlagan. "Dabdabali, hashamatli" variantini esa atigi 6,66 foiz respondent afzal koʻrgan.
Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev Qozogʻiston Amerika Qoʻshma Shtatlarining uzoq yillik savdo va sarmoyaviy hamkori sifatida adolatli hamda oʻzaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantirish tarafdori ekanini taъkidlagan.
Bunga Grok’ning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon, Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va diniy qadriyatlarni haqorat qilgan bayonotlari sabab boʻlgan.
Abu-Dabida boʻlib oʻtayotgan Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi muzokaralar oddiy diplomatik uchrashuv emas, balki Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi ikki asrlik gegemonligining tugaganini bildiruvchi tarixiy voqea. Bu safar Kremlь ushbu mintaqadagi muhim tinchlik jarayonidan butunlay chetda qoldi.
Qozogʻiston turizm va sport vazirligining yangi buyrugʻiga koʻra, sportchilar, murabbiylar va sport hakamlariga soʻkinish hamda oʻz diniy eъtiqodini namoyish etish taqiqlandi. Shuningdek, ular mashgʻulotlar haqidagi maъlumotlarni oshkor qilish yoki ommaviy joylarda spirtli ichimliklar isteъmolidan tiyilishi kerak.
BMT ishchi guruhi Oʻzbekiston birinchi prezidentining qizi – Gulnora Karimova nohaq hibsga olingan, degan xulosaga kelgandi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy markaziga koʻra, ishchi guruh fikri bir tomonlama subъektiv maъlumotlar asosida shakllantirilgan, Karimovaga oid ishda qonunchilik normalariga qatъiy rioya qilingan.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev masъullarga erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlash haqida topshiriq berdi.