Bugun ikki mamlakat etakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishini oʻtkazadi, “Oʻzbekiston” bogʻiga tamal toshi qoʻyadi va Oʻzbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradi. Ertaga, 3 iyulь kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Ilhom Aliev muloqotni Ozarbayjonning Qorabogʻ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qoʻshma tikuvchilik fabrikasi va Agʻdam shahridagi “Imorat” tarixiy-meъmoriy majmuasi bilan tanishadi.
Xoʻjaobod tumanida uyida janjal chiqargan mast fuqaro uni zararsizlantirish maqsadida kelgan profilaktika inspektorini pichoqladi. Oqibatda xodim shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.
Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Tashrif davomida Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Andijon tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor oʻyini tashkil qilgani fosh etilgan. Voqea joyidan 4 mln 535 ming soʻm pul hamda 300 AQSh dollari, 4 dona hayvon suyagidan yasalgan oshiq, shuningdek, oʻyin tashkillashtirilgan xonadon egasidan 550 ming soʻm choʻtal puli daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan.
Oldinroq, Istanbulda faoliyat olib boruvchi LeMan jurnali Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga atalgan karikaturasini chop etdi.
Euronews Toshkent shahrida vakolatxonasini ochdi.
Madaniyat vazirligining ushbu qarori Rossiya huquq-tartibot organlarining Ekaterinburgdagi harakatlariga javoban qabul qilingan. U erda muhojirlarga qarshi keng koʻlamli reydlar oʻtkazilib, 50 dan ortiq ozarbayjonlik qoʻlga olingandi. Ozarbayjon TIV Rossiya xavfsizlik kuchlarining bu harakatlarini "qabul qilib boʻlmas zoʻravonlik" deb atagan.
Oʻzbekiston qonunchiligiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda qoʻlga olingan shaxslar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan avval majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ushbu halol restoran shahar markazida joylashgani bilan ahamiyatlidir. Ovqatlanish muassasasi oilaviy formatda ishlaydi: bu erda spirtli ichimliklar taklif qilinmaydi. Loyiha asoschisi, tadbirkor Radik Minixanovning aytishicha, restoran menyusida Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Checheniston, Tatariston oshxonalariga xos taomlar mavjud.
Qozogʻiston parlamentining har ikki palatasi jamoat joylarida yuzni yopadigan kiyim-kechaklarni kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi. Ushbu hujjat prezidentning imzosi uchun yuborilgan.