Tramp Oq uyda BAA rahbariyati vakili bilan strategik hamkorlikni muhokama qildi. Bloomberg nashrining taъkidlashicha, Abu-Dabi sunъiy intellekt va ilgʻor texnologiyalar sohalariga katta sarmoya kiritib, Amerika chiplar bozoriga kirishni maqsad qilgan.
Bangladeshda Arakan qutqarish armiyasi (ARSA) rahbari Abu Ammor Junipi hibsga olingani aytilmoqda. U rohinja musulmonlarini himoya qilish yoʻlida kurash olib borgan va tashkilotning muhim etakchilaridan biri hisoblangan. Bangladesh politsiyasi uni noqonuniy faoliyatda ayblamoqda.
Turkiyada Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi keng koʻlamli operatsiya oʻtkazildi. Shahar meri Ekrem Imamogʻlu va 100 dan ortiq shaxs poraxoʻrlik, firibgarlik va jinoiy uyushmaga rahbarlikda ayblanmoqda. Muxolifat buni siyosiy tazyiq deb baholasa, hukumat tergov qonuniy ekanini taъkidlayapti.
Isroilning Gʻazo tomon amalga oshirgan havo hujumlari natijasida 400 dan ortiq falastinlik fuqaro shahid boʻldi, 500 dan ortigʻi yaralandi. Shifoxonalarda oʻrin va dori-darmon tanqisligi kuzatilmoqda. BMT va xalqaro hamjamiyat zudlik bilan zoʻravonlikni toʻxtatishga chaqirmoqda.
Shimoliy Kipr hukumati maktablarda hijobni rasman taqiqladi. Ushbu qaror dunyoviylik va diniy erkinliklar oʻrtasidagi tortishuvlarni kuchaytirmoqda. Muxolifat buni diniy cheklov sifatida qoralasa, hukumat uni “tarixiy qadam” deya baholamoqda. Jamiyatda keskin muhokamalar avj olgan.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Isroilning Gʻazoga hujumlarida tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotganini “dahshatli” deb baholadi. U mojaroni toʻxtatish va gumanitar yordamni oshirishga chaqirdi. Parlamentdagi chiqishida esa Isroilning 15 kundan beri yordam etkazilishini toʻsib kelayotganini xalqaro huquq buzilishi sifatida taъkidladi.
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp oʻrtasida telefon orqali muhim suhbat boʻlib oʻtdi. Etakchilar Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish, harbiy harakatlarni toʻxtatish va strategik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Kremlь 30 kunlik sulhga ijobiy munosabat bildirdi, shuningdek, mahbuslar almashinuvi va yaralangan ukrainalik askarlarni qaytarish masalasi hal etildi.
Bugunga qadar Rossiyaning eng daromadli kompaniyalaridan biri sifatida baholanib kelgan “Gazprom” 2024 yilda 1,076 trillion rublь zarar koʻrdi. Bu kompaniya uchun rekord darajadagi yoʻqotish boʻlib, kunlik zarar hajmi qariyb 3 milliard rublьni tashkil qildi. Shunday boʻlsa-da, rasmiy xabarlarda daromad oʻsgani qayd etilgan.
Isroil armiyasining keng koʻlamli hujumlari Gʻazodagi tinch aholi hayotiga jiddiy xavf solmoqda. Oq uy esa bu tajovuzni nafaqat qoʻllab-quvvatlamoqda, balki uning bevosita tashkilotchisi sifatida harakat qilmoqda.
Saudiya Arabistonida "axloqsiz harakatlar"ga qarshi kurashash doirasida 50 dan ortiq kishi, jumladan, 11 nafar ayol hibsga olindi. Bu mamlakatda soʻnggi oʻn yillikda ilk bor bunday faoliyat rasman eъtirof etilishi hisoblanadi.