BAA AQSh chiplar bozoriga kirmoqchi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklari milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi va ayni paytda mamlakat prezidenti Muhammad bin Zoid Al-Nahayonning ukasini Oq uyda qabul qildi.
Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasidagi uzoq muddatli strategik hamkorlik, jumladan, AQShning ilgʻor texnologiyalar, sunъiy intellekt, energetika va sogʻliqni saqlash sohalariga kiritiladigan investitsiyalar muhokama qilindi.
Bloomberg nashrining taъkidlashicha, Abu-Dabi AQShga sarmoya kiritish orqali mamlakatning chiplar bozoriga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritishga intilmoqda. BAA katta mablagʻlar ajratib, sunъiy intellekt markazlari yaratishga sarmoya kiritmoqda va shu yoʻl bilan hududiy sunъiy intellekt markaziga aylanishni maqsad qilgan.
Bunga qadar AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden Amerika sunъiy intellekt chiplarining eksportiga qoʻyilgan cheklovlarni kengaytirgan edi.













