Pokiston armiyasi mahalliy ishlab chiqarilgan Fatah-II nomli qisqa masofali boshqariladigan raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazganini eʻʻlon qildi. Bayonotda qayd etilishicha, ushbu raketa tizimi zamonaviy navigatsiya tizimiga, noyob traektoriya va manevr qobiliyatiga ega. Shuningdek, raketa 400 kilometr masofagacha ucha oladi.
Soʻnggi yillarda yuqori malakali frantsuzlarning aksariyati muhojirlarning farzandlari, London, Nʻyu-York, Monreal yoki Dubay kabi shaharlarda xorijda yangi biznes boshlash maqsadida Frantsiyani tark etishmoqda. Onlayn soʻrov natijasiga koʻra, 1000 dan ortiq odamning 71 foizi irqchilik va diniy kamsitishlar tufayli Frantsiyani tark etgan.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi minimal koʻpchilik ovoz bilan Isroilga uzluksiz qurol etkazib berishni nazarda tutuvchi respublikachilar qonun loyihasini maʻʻqulladi. Kongressda qonun loyihasini 224 senator qoʻllab-quvvatladi, 187 nafari esa qarshi ovoz berdi.
Daniya bayrogʻi ostida suzib yurgan Marianne Danica ekipaj aʻʻzolari 21 may kuni portga kirishni soʻrashgan. Biroq, Ispaniya tashqi ishlar vazirligi genotsidda ayblanayotgan Isroil uchun qurol va oʻq-dorilar olib ketayotgan kemaning Ispaniya portiga kirishini rad etdi. Aniqlanishicha, kemada 12 tonna raketa, 1,5 tonna portlovchi va 740 kilogramm boshqa harbiy materiallar boʻlgan.
Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Qrim yarim oroli hududida 51ta, Krasnodar oʻlkasi hududida 44ta, Belgorod viloyati hududida 6ta va Kursk hududida bitta dronni yoʻq qildi va tutib oldi”, - deyiladi Rossiya departamenti bayonotida. Qora dengiz floti patrulʻ katerlari dengizda oltita haydovchisiz katerni yoʻq qilganini maʻʻlum qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 224 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Avstraliyalik sobiq harbiy advokat Devid Makbrayt 2005-2016 yillar oraligʻida Avstraliya maxsus kuchlari tomonidan Afgʻonistonda koʻplab qurolsiz erkaklar, bolalar va tinch aholi oʻldirilganini fosh qilgani uchun 6 yilga qamaldi.
Frantsiyaning maxsus subʻʻekti - Yangi Kaledoniya shiddatli tartibsizliklar sahnasiga aylandi
Uolter Martin ismli shaxs Brovard okrugidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida hijobli musulmon ayolga ogʻzaki tajovuz qilgan, uni turli behayo soʻzlar bilan haqoratlagan. Amerika-Islom munosabatlari kengashining Florida boʻlimi islomofob jangarilarga qarshi ayblovlar qoʻyilishini olqishladi.
AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) isroillik tarixchi Ilan Pappeni Detroyt aeroportida Falastinning HAMAS harakatini qoʻllab-quvvatlagani uchun hibsga olindi. U 2 soat davomida soʻroq qilingan, FQB xodimlari undan HAMAS tarafdorimi, Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlarini genotsid deb hisoblashi, Isroil-Falastin mojarosining echimi toʻgʻrisida soʻragan. Shuningdek, mobil telefoni tekshiruvga olib ketilgan.