Eronning Mashhad shahrida kuchli yomgʻir keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida etti kishi halok boʻldi. Mashhad munitsipaliteti rahbari Mohsen Daverining aytishicha, toshqindan jabrlangan kamida 250 oila shaharning xavfsizroq joylariga evakuatsiya qilingan. Shahardagi jami 150 ta uy suv toshqinidan zarar koʻrgan. 12 kishi bedarak yoʻqolgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 223 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiyaning qator shirkatlari Afgʻonistondagi Qoʻshtepa kanali yonidan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun erlarni uzoq muddatga ijaraga olmoqda. Shuningdek, Rossiya Afgʻonistonda ish oʻrinlari yaratish va mamlakatni rivojlantirish loyihalariga sarmoyalar kiritishni boshladi.
Isroilning sobiq mudofaa vaziri Avigdor Liberman Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu va Harbiy kengashni keskin tanqid qildi. Netanyaxu Isroilni yoʻqotishlarga olib borayotganini, HAMAS va uning rahbari Yahyo Sinvar urushni Netanyaxudan koʻra tunnellarda turib yaxshiroq boshqarayotganini aytdi.
Niger bosh vaziri Ali Lamin Zeyn AQShning hararakatlari qoʻshinlarining Nigerdan chiqarib yuborilishiga sabab boʻlganini maʻʻlum qildi. "Amerikaliklar bizning tuprogʻimizda qoldi va terrorchilar odamlarni oʻldirib, shaharlarni yoqib yuborganida hech narsa qilmadi", - dedi u.
Hukumat vakillarining fikricha, mehmonxonalar, restoranlar va kongress va koʻrgazma tadbirlarining halol standartlariga muvofiqligini sertifikatlash xorijlik mehmonlar uchun ham, musulmon rossiyaliklar uchun ham taʻʻtilga yoki xizmat safarlariga tayyorgarlik koʻrish jarayonini soddalashtiradi.
Butun dunyo boʻylab ichki koʻchirilganlar soni rekord darajaga koʻtarildi. Ichki koʻchish monitoringi markazi bugun eʻʻlon qilgan ichki koʻchishlar toʻgʻrisidagi global hisobotga koʻra, oʻtgan yil oxirida 68,3 million kishi mojaro va zoʻravonliklar, 7,7 million kishi esa tabiiy ofatlar tufayli oʻz uyini tashlab ketgan.
Falastinliklar bugun – 15 may kuni 1948 yilgi Nakbaning 76 yilligini nishonlashmoqda. Bu Falastinning vatani – tarixiy Falastinning vayron qilinganini va 1948 yilda Falastin aholisining ommaviy etnik tozalanishini anglatadi.
Garvard maʻʻmuriyati haydalgan talabalarni qaytarishni maʻʻqulladi va Isroilga sarmoya kiritish masalasini muhokama qilishga rozi boʻldi, deya taʻʻkidladi talabalar. Shuningdek, Falastin tarafdori boʻlgan norozilik namoyishlari Garvard universitetida oʻqishni toʻxtatishga olib kelgan va 60 dan ortiq talaba intizomiy jazoga tortilgan.
Ishgʻoldagi Gʻazo sektorida Falastin guruhlari Isroil armiyasiga tegishli 21 ta harbiy mashinani oʻqqa tutdi. Toʻqnashuvlar chogʻida Isroil armiyasining 14 ta tanki, toʻrtta bulʻdozeri va uchta harbiy mashinasiga zarba berilgan.