Yangi Kaledoniyadagi ommaviy norozilik namoyishlaridan soʻng Frantsiya Oliy Kengashi orolda harbiy holat eʻʻlon qildi. Barcha namoyishlar va aktsiyalar taqiqlangan, ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. Jurnalistlarning orolga kirishi cheklangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi.
AQSh Markaziy qoʻmondonligi yuk mashinalari AQSh tomonidan Gʻazo sektorida oʻrnatgan vaqtinchalik portdan gumanitar yordam etkazib berishni boshladi. Mashinalar mahalliy vaqt bilan soat 09:00da vaqtinchalik portdan chiqib ketgan.
Elchixona vakili Melis Moldalievga Qirgʻizistonda tahsil olayotgan pokistonlik talabalar bilan bogʻliq hodisalar haqidagi xabarlardan Pokiston hukumatining chuqur xavotiri bildirildi. Shuningdek, Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Qirgʻizistonda istiqomat qilayotgan pokistonlik talabalar va fuqarolar xavfsizligini taʻʻminlash uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi.
Kecha Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida «qattiq qoʻndi». Noqulay ob-havo sharoiti va qorongʻilik tufayli qidiruv-qutqaruv ishlari qiyinlashdi. Turkiya tunda koʻrish tizimi bilan jihozlangan vertolyot va alʻpinistlar yubordi. Oʻzbekiston TIV munosabat bildirdi. Hodisa tafsilotlari.
Iosif Stalinning buyrugʻi bilan 1944 yil 18 mayda oʻn minglab qrim tatarlari oʻz vatanlaridan badargʻa qilindi. 15 daqiqa ichida 259 mingga yaqin qrim tatarlari, asosan, keksalar, ayollar va bolalar maydonga olib kirilib, hayvonlarni tashish uchun aravalarga oʻtqazildi. Gʻayriinsoniy sharoitda deportatsiya qilingan Qrim tatarlarining yarmi manziliga etib bormay, yoʻlda halok boʻldi.
13 may kuni Bishkekdagi yotoqxonalardan birida qirgʻizistonliklar va xorijliklar oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi. 18 mayga oʻtar kechasi esa mazkur mushtlashuv ortidan 1 mingga yaqin odam ishtirokida norozilik namoyishi tashkillashtirildi. Toʻqnashuvlarda 29 kishi jarohatlandi. Pokiston bosh vaziri Qirgʻizistondagi pokistonlik talabalarda xavotirda ekanini maʻʻlum qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 225 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQSh Ichki ishlar departamenti xodimi Isroilning Gʻazodagi "genotsid" urushini soʻzsiz qoʻllab-quvvatlayotganiga norozilik sifatida omma oldida isteʻʻfoga chiqqan birinchi yahudiy amaldorga aylandi. “Prezident Baydenning Isroilning Gʻazodagi genotsidini halokatli va davomli qoʻllab-quvvatlashi fonida men endi vijdonan bu maʻʻmuriyat vakili boʻla olmayman”, dedi Lili Grinberg Koll.
Saudiya Arabistoni Oyga missiya joʻnatish va 2035 yilgacha 2 trillion dollarlik “global kosmik iqtisodiyot”ni yaratishga tayyorgarlik koʻrmoqda. NASAning maʻʻlum qilishicha, mazkur loyihadan asosiy maqsad kosmik markazning kelajagi va tijorat kompaniyalarini davlat dasturlari bilan birlashtirishdir.