Anglining Saffolk shahrida har yili boʻlib oʻtadigan Latitude Festival musiqa festivali ishtirokchilari tadbirga Isroilning Barclays banki homiylik qilayotgani sababli unda ishtirok etishdan bosh tortishmoqda. “Musiqa sohasidagi qimmatli asarlarimning zoʻravonlik bilan bulgʻanishiga yoʻl qoʻymayman. Shuning uchun men arizamni rasman qaytarib olaman”, - dedi SMAT taxallusi bilan tanilgan irlandiyalik qoʻshiqchi Siara Meri Elis Tompson.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 241 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
2018 yildan beri Tojikistonga Suriya va Iroqdan 300 dan ortiq ayol va bolalar qaytarildi.
Suriya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Isroilning Halab chekkasiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 17 kishi halok boʻlgan. Otishma dushanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Dushman janubi-sharqdan "baʻʻzi nishonlarga" zarbalar berdi. Moddiy zarar etkazilgan.
Qatar Airways aviakompaniyasi 2 iyundan Doxa – Toshkent yoʻnalishida doimiy parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Qatnovlar haftasiga toʻrt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelgusida parvozlar chastotasini oshirish hamda Samarqand va Buxoroga ham reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod oliy hukumat lavozimiga yana oʻz nomzodini qoʻyishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Islom Respublikasi davlat televideniesi. Avvalroq, boʻlajak saylovlarda nomzodlardan biri ayol kishi boʻlishi maʻʻlum boʻlgan edi.
Maldiv hukumati Isroil pasporti egalarining mamlakatga kirishini taqiqlash boʻyicha fundamental qaror qabul qildi. Shu tariqa, mamlakat rahbariyati Gʻazo sektorida genotsidga duchor boʻlayotgan Falastin xalqiga birdamligini bildirdi. Bundan tashqari, Maldiv hukumati Falastinga yordam koʻrsatish masalalari bilan shugʻullanish uchun prezidentning maxsus vakilini tayinladi. Maldiv orollari har yili Isroildan oʻrtacha 15 ming sayyohni qabul qilgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 239 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tel-Aviv va Qohira may oyi boshida Isroil kuchlari chegara punktini egallab olganidan beri birinchi marta gumanitar yordam etkazib berish uchun nazorat punkti ochishga kelishib oldi. Ushbu chegara postidagi nazorat Isroil harbiylaridan "HAMASga aloqasi yoʻqligi isbotlangan falastinliklarga" topshiriladi.
2023 yilda dunyoning 16 mamlakatida 1153 ta oʻlim jazosi ijro etildi. Qatl etilganlarning 24 nafari ayollar, 5 nafari bolalardir. Oʻlim jazolarining eng koʻpi Eronda amalga oshirilgan boʻlib, asosan sunniy balujlar qatl qilingan.