AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil uch bosqichli yangi sulh taklifini ilgari surgani va bu taklif Qatar orqali HAMASga etkazilganini maʻʻlum qildi. Ushbu taklif oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va Gʻazoda tiklash ishlarini boshlanishini ham oʻz ichiga oladi
Sportchilar, taniqli shaxslar va taʻʻsir oʻtkazuvchilar butun dunyo boʻylab 30 milliondan ortiq odamlarga qoʻshilib, Gʻazodagi Isroil qirgʻiniga va ommaviy axborot vositalarining Isroilga nisbatan har qanday tanqidini tsenzura qilishiga norozilik bildirish uchun sunʻʻiy zako tomonidan yaratilgan tasvirni Instagram ijtimoiy tarmogʻida ulashdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 238 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Hakamlar hayʻʻati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni toʻlovlarni soxtalashtirish boʻyicha 34 ta bandda aybdor deb topdi. U toʻrt yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tramp AQShning jinoyatda ayblangan ilk sobiq prezidenti boʻldi.
AQShning antisemitizm boʻyicha maxsus vakili Alphabet, Meta, Microsoft, TikTok va X vakillari bilan uchrashib, ularni oʻz platformalarida antisemit mazmunini cheklash boʻyicha saʻʻy-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi. Shuningdek, har bir kompaniyadan yahudiylarga qarshi kontentni jilovlash uchun asosiy xodimlarni oʻqitishni soʻradi. Aytilishicha, kompaniyalar hozircha AQSh hukumati talablariga rozi boʻlmagan.
Sloveniya hukumati Falastin davlatini tan olish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Endilikda ushbu qaror yakuniy tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etiladi. Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon parlament Falastinni tan olish boʻyicha 4 iyunʻ kuni ovoz berishi mumkinligini maʻʻlum qildi.
Boykot qilingan brendlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turuvchi Unilever Algida brendi Google xizmatida reklama qilish orqali oʻzini "Turk muzqaymoq brendi" sifatida koʻrsatishni boshlagani aniqlandi.
Hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan «S5+1» formatidagi “Markaziy Osiyo – Italiya” yigʻilishida suv, atrof-muhit resurslari va oliy taʻʻlim sohalarida strategik sheriklik oʻrnatish, iqtisodiy va sanoat hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 237 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Eron tergovchilari prezident va respublika tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan vertolyot halokatga uchragani boʻyicha sabotaj versiyasini rad etdi, deb xabar bermoqda Eron Bosh shtabi bayonotida.