Sloveniya parlamenti Falastin davlatini tan oldi, qaror ortidan parlament binosi qarshisida ushbu davlat bayrogʻi koʻtarildi. Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon tarixiy kunni boshdan kechirayotganlari, Sloveniya Falastinni davlat sifatida rasman tan olgan 147-davlat boʻlganini qayd etdi.
Islomning ikkinchi muqaddas maskani hisoblangan Madinadagi Masjidi Nabaviyga masʻʻul Saudiya Arabistoni maʻʻmuriyati millionlab namozxonlar uchun qulaylikni taʻʻminlash maqsadida joriy Haj mavsumi uchun olomonni boshqarishning samarali rejasini tuzdi. Unga koʻra, masjidga kirish va chiqishni taʻʻminlash uchun 60 ta yoʻlak, jumladan, 38 ta asosiy va 8 ta favqulodda vaziyatlar uchun yoʻlaklar ishga tushiriladi.
Shveytsariya Milliy kengashi deputatlari Falastinni davlat sifatida tan olish taklifiga qarshi ovoz berdi. Matnda "Milliy kengash Falastinni tan olishni istamasligi va shuning uchun seshanba kuni tsyurixlik Sotsial-demokratik partiya (SDP) aʻʻzosi Fabian Molina tomonidan ovozga qoʻyilgan tegishli tashabbusni rad etgani" aytiladi.
BMT maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yilda bolalar qurolli mojarolardan noproportsional tarzmda aziyat chekishda davom etishdi, ushbu muddat davomida bolalarga nisbatan 27 180 ta jiddiy huquqbuzarlik qayd etildi. Bu haqda BMTning 2022 yilda bolalar va qurolli mojarolar toʻgʻrisidagi hisobotida soʻz boradi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 242 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Amerikalik kongressmenlar Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berish talabi uchun Xalqaro jinoyat sudidan oʻch olmoqda. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, XJS xodimlari AQSh vizalarini ololmaydi, ularning AQShdagi aktivlari va koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalari muzlatiladi.
“Hizbulloh”ning Isroil shimoliga amalga oshirayotgan “qasos zarbalari” kuchli oʻrmon yongʻinlarini keltirib chiqardi. Isroil yongʻinlarga qarshi kurashishga kuchi etmay, qoʻshni davlatlardan yordam soʻragani aytilmoqda. Koʻplab aholi punktlari sokinlari vaqtinchalik koʻchirilgan.
Parijdagi musulmonlar farzandlarini uyidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan musulmon xususiy maktabida oʻqitishga majbur boʻlmoqda. Bunga Frantsiya hukumatining 2017 yildan beri kamida 5 ta musulmon maktabini yopgani va bunday maktablarga moliyaviy yordamni toʻxtatgani kabi omillar sabab boʻlmoqda.
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatishga tayyor emasligini aytdi. “Biz mahbuslarning qaytishini osonlashtirish uchun 42 kun davomida kurashni toʻxtatishimiz mumkin, ammo oʻz maqsadimizdan, toʻliq gʻalaba qozonishdan voz kechmaymiz”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Markaziy Osiyo davlatlari urushda betaraf boʻlishiga qaramasdan, "Kremldan qoʻrqqani uchun RF tomonga moyilroq" ekanini taʻʻkidladi. Bunga Qozogʻiston javob qaytardi.