Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 244 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Ispaniya Janubiy Afrikaning Gʻazo sektoridagi genotsid boʻyicha Xalqaro sudda Isroilga qarshi daʻʻvosiga qoʻshildi. U Gʻazo sektoridagi genotsidni toʻxtatish uchun zudlik bilan chora koʻrishga chaqirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin etakchi axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda Gʻazodagi vaziyat haqida toʻxtalib, u erda boʻlayotgan voqealarni urush emas, balki tinch aholining butunlay yoʻq qilinishi deb atadi. Shu bilan birga, Rossiya etakchisi HAMASning harakatlarini qoʻporuvchilik sifatida baholadi.
Oʻzbekiston TIV AQSh prezidenti Jo Bayden eʻʻlon qilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejasiga munosabat bildirdi. Unda Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekani taʻʻkidlangan. “AQShning oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz», — dedi vazirlik vakili.
Isroil hukumati Livan bilan frontda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan keskinlashuvga tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻshimcha 50 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilar chaqiruvini maʻʻqulladi. Faol zaxiradagi askarlarning umumiy soni shimolda Livan bilan ehtimoliy janglarga tayyorgarlik koʻrish uchun 300 ming nafardan 350 minggacha koʻtarildi. Livan bilan chegarada Isroil harbiy kuchlari soni ortib bormoqda.
Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi musulmonlar dunyodagi eng koʻp taʻʻqib qilinadigan va kamsitiladigan guruhlardan biri boʻlib qolmoqda. Ular 2012 va 2017 yillarda Mʻyanma harbiy xuntasi tomonidan uyushtirilgan genotsid qurboni boʻlib, keyinchalik Bangladesh kabi davlatlarga zoʻravonliklardan qutulish uchun ketgan qochqinlar sifatida xalqaro diqqat markaziga aylandi. 1,2 milliondan ortiq Rohinja musulmonlari ayni damda Mʻyanmadan tashqarida istiqomat qilishadi, bu esa ularni dunyodagi fuqaroligi mavjud boʻlmagan eng katta guruhlardan biriga aylantiradi.
Columbia Law Review jurnali sayti Isroilni tanqid qiluvchi maqola ortidan oʻchirib qoʻyildi. Harvard yuridik fakulʻteti aspiranti falastinlik Rabea Egbariyaning Isroilni genotsidda ayblab yozilgan maqolasi tufayli AQShdagi 123 yoshli Columbia Law Review jurnali sayti yopib qoʻyildi. Maqola muallifi saytning yopilishini “AQShdagi kollejlar kampuslarida kuzatilayotgan keng koʻlamli avtoritar repressiyaning kichik bir qismi” sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidlagan.
Gruziya parlamenti bir jinsli nikohlarni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻz jinsini oʻzgartirgan yoki noanaʻʻnaviy yoʻnalishga ega shaxslarga bola asrab olish, jinsni oʻzgartirish boʻyicha tibbiy muolajalarni oʻtkazish va "LGBT tashviqoti" kabilarni taqiqlashni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda. Hujjatning uzil-kesil kuzda qabul qilinishi kutilmoqda.
Columbia Law Review jurnali sayti Isroilni tanqid qiluvchi maqola ortidan oʻchirib qoʻyildi. Harvard yuridik fakulʻteti aspiranti falastinlik Rabea Egbariyaning Isroilni genotsidda ayblab yozilgan maqolasi tufayli AQShdagi 123 yoshli Columbia Law Review jurnali sayti yopib qoʻyildi. Maqola muallifi saytning yopilishini “AQShdagi kollejlar kampuslarida kuzatilayotgan keng koʻlamli avtoritar repressiyaning kichik bir qismi” sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidlagan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 243 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.