Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyib Erdoʻgʻan bilan uchrashuvda Gʻarb davlatlarining Falastinga nisbatan munosabatlarini tanqid qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 246 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Xerson viloyatining Rossiya nazorati ostidagi qismida doʻkonga uyushtirilgan hujum natijasida 22 kishi halok boʻldi, 15 kishi jarohatlandi. Ukrain qoʻshinlari hujumda frantsuz aviabombalari va Amerikaning HIMARS snaryadlaridan foydalandi.
Qirgʻiziston Rossiyaga Gʻarb sanktsiyalarini chetlab oʻtishda yordam berishdan manfaatdor emas. “Rossiya bizning eng yirik hamkorimiz va shuning uchun biz kichik, rivojlanayotgan davlatimiz uchinchi tomonlar oʻrtasidagi muammolarni hal qilish talab qilinadigan vaziyatga tushib qolishni istamaymiz”, dedi Vazirlar Mahkamasi rahbari oʻrinbosari Edil Baysalov.
BMT Isroilni "qurolli toʻqnashuv zonalarida bolalarga zarar etkazadigan" davlatlar va tashkilotlarning qora roʻyxatiga kiritishga qaror qildi. Ushbu roʻyxatdan Rossiya va terrorchi tashkilotlari IShID, Al-Qoida va Boko-Haram qoʻporuvchi tashkilotlari ham oʻrin olgan. Ayni paytda Gʻazoda Isroil hujumlari natijasida har 10 daqiqada bir bola halok boʻlmoqda yoki jarohatlanmoqda.
Rossiya boʻylab migrantlarga qarshi ommaviy reydlar boshlandi. Hibsga olinganlarning aksariyati Afgʻonistondan kelgan muhojirlar, ammo ular orasida Kongo, Efiopiya, Oʻzbekiston va Ukrainadan kelganlar ham bor. Taʻʻkidlanishicha, bu Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning yaqinda qilgan bayonoti bilan bogʻliq.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 245 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Seok Yol 10-15 iyunʻ kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻladi. Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi birinchi oʻrinbosari Kim Tae Xening aytishicha, Yun dushanba kuni birinchi xonim Kim Keon Xi hamrohligida olti kunlik safarini boshlaydi va 15 iyunga qadar Markaziy Osiyoning uchta davlatiga tashrif buyuradi.
Isroil qoʻshinlari bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi yahudiy ekstremistlarga koʻproq qurol tarqatmoqda. Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Falastin hujumlaridan himoya qilish bahonasida isroilliklarni, jumladan, bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi koʻchmanchilarni qurollantirish kampaniyasini boshlagan edi.
Hariyq mintaqasida yangi oy – Zulhijja hiloli koʻrindi. Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi tomonidan 7 iyunʻ, juma kunidan 1445 hijriy yilning Zulhijja oyi boshlanishi eʻʻlon qilindi. Zulhijja oyining 10-sanasi, yaʻʻni Qurbon hayiti bayramining birinchi kuni esa 16 iyunga toʻgʻri keladi.