1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi. Rossiya raisligidagi asosiy tadbirlar oy oʻrtalarida boʻlib oʻtishi kutilmoqda hamda ular yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, BMTning KXShT, MDH va ShHT bilan hamkorligiga bagʻishlanadi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 270 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Unda AQSh boshqa bir qator mamlakatlar bilan birga Afgʻonistonning bank va iqtisodiy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishga vaʻʻda berdi. Tolibon ushbu vaʻʻdani olqishladi. “Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozitsiyasi olqishga loyiq”, - dedi Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid.
Bild nashri maʻʻlumotlariga koʻra, Isroil iyulʻ oyining ikkinchi yarmidayoq Livan janubida “Hizbulloh” harakatiga qarshi harbiy amaliyotni boshlashi mumkin.
Turkiya prezidenti devonining Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi rahbari, professor Faxriddin Altun mamlakatdagi suriyalik qochqinlar bilan bogʻliq vaziyat haqida bayonot berdi. Unga koʻra, hukumat mamlakatda salbiy muhit yaratish va jamiyatda qochqinlarga nisbatan keskinlikni kuchaytirishga urinishlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Altunning maʻʻlum qilishicha, mamlakatda dushman unsurlar boshchiligida barqarorlikni buzishga qaratilagan provakatsion harakatlar boshlangan.
Qozogʻistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik yakunlandi. Sammit 3-4 iyulʻ kunlari Ostona shahrida ShHT+ formatida 16 davlat rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu galgi yigʻilishda Turkiya, Belarusʻ, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Qatar, BAA va Turkmaniston rahbarlari ham kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi. Shuningdek, Belarusning ShHTga toʻlaqonli aʻʻzoligi boʻyicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Uchrashuvda Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat muhokama qilinib, afgʻon xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining bu mamlakatga nisbatan umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi taʻʻkidlangan. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni “Oliy darajali doʻstlik” ordeni bilan mukofotlagan.
Mamlakatda mazkur muddatdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar Oʻmonga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin. Maʻʻlumot uchun, yangi qaror 14 iyundan kuchga kirgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 269 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQShda politsiyachi Mʻyanmadagi genotsiddan qochib, okean ortiga boshpana izlab borgan musulmon oilaning 13 yoshli farzandini otib oʻldirdi. Rasmiylar ushbu hodisada politsiyachini oqlab, bolaning qoʻlida oʻyinchoq qurol boʻlganini sabab qilib keltirmoqda. Politsiyachining oʻzi esa bola va uning sherigi Manxetten shimoli-gʻarbidagi doʻkonni umargan talonchilarga juda oʻxshashligini bahona qilgan