Eron Vazirlar Kengashi Tojikiston bilan vizani bekor qilish haqidagi maktubni imzoladi. Ushbu maktubga koʻra, Tojikiston fuqarolari mamlakatda 30 kun muddatgacha vizasiz qolishlari mumkin. Buning uchun faqat havo orqali, faqat Dushanbedan Tehronga uchish talab qilinadi. Viza tartibining bekor qilish sanasi tez orada eʻʻlon qilinadi.
London sharqida joylashgan Britaniyadagi eng yirik masjidlardan biridan terror hujumi tahdidi kelib tushgani sababli masjid va yaqin-atrofda joylashgan uchta 700 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Tahdid tasdiqlanmadi, ammo nafrat bilan bogʻliq ehtimoliy jinoyat boʻyicha tergov olib borilmoqda. Tezkor tadbirlar natijasida masjidning 37 yillik tarixida birinchi marta shom azoni aytilmagani maʻʻlum qilindi.
Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 271 кун бўлди. 24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.
Turkiya va Isroil pasportlariga ega eng kamida 4 ming sionist 7 oktyabrdan keyin Gʻazoga borib, Isroil armiyasi safida falastinliklarni qirishda ishtirok etmoqda. Ularning 65 tasi jabhada oʻldirilgan, 110 tasi esa turli darajada yarador qilingan. Turkiye gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, Turkiyada ikki fuqarolikka ega 20 ming, Isroilda esa 250 ming isroillik yashaydi. Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga masʻʻul general ham Turkiya fuqaroligiga egaligi aniqlangan.
Dogʻiston muftiyatining fatvo boʻlimi niqobni vaqtinchalik taqiqlash boʻyicha fatvo chiqardi. Unga koʻra, taqiq respublika aholisi xavfsizligiga tahdidlar mavjudligi sabab qilib koʻrsatildi va mazkur xavf-xatarlar bartaraf etilib, “yangi fatvo” chiqquniga qadar amalda boʻladi. Avvalroq Dogʻiston muftiyati niqobni butunlay taqiqlash uchun etarlicha islomiy asoslar topa olmaganini eʻʻlon qilgan, biroq anʻʻanaviy liboslarni kiyishni “mahalliy darajada taqiqlash”ga ruxsat bergandi.
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Indoneziya bilan birgalikda Gʻazoga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyorligini bildirdi. Buning uchun BMT ruxsati (mandati) talab qilinadi.
Isroil soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektorida besh askari halok boʻlganini eʻʻlon qildi va mamlakat hukumati tomonidan oʻlgan deb tan olingan jami harbiylar soni 674 nafarga, 7 oktyabrdan beri yaralangan askarlar soni esa 9000 nafarga yaqinlashdi. Shuningdek, Isroil armiyasidagi nogiron askarlarning umumiy soni oʻtgan oy birinchi marta 70 mingdan oshdi, ularning 35 foizi ruhiy salomatlik muammolari va 21 foizi jismoniy jarohatlar tufayli davolanmoqda. Haqiqiy raqamlar rasmiy statistikadan karrasiga ziyod boʻlishi mumkin.
BMTning Oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi Pokistonni sobiq bosh vazirning oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinishi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha toʻliq va mustaqil tergov oʻtkazilishini taʻʻminlashga chaqirdi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hatras tumanidagi qishloqlardan birida mashhur voiz Bhole Babani tinglash uchun yigʻilgan olomon tiqilinch hosil qildi. Natijada eng kamidi 116 kishi halok boʻldi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Guvohlarning aytishicha, tiqilinchga odamlar ruhoniyga yaqinlashish va hokipoyini olishga intilishi sabab boʻlgan.
BAA hukumati oʻgʻirlik va talonchilik holatlari keskin ortgani munosabati bilan oʻz fuqarolarini Evropa davlatlariga safar qilmaslikka chaqirdi. Safarini bekor qilish imkoni boʻlmaganlarga “oʻta hushyor va ehtiyotkor boʻlish” tavsiya qilinib, Ispaniya, Gruziya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Avstriya BAA fuqarolari uchun eng xavfli davlatlar ekani taʻʻkidlandi.