Kecha, 30 iyunʻ kuni Frantsiyada parlament saylovlarining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, oʻta oʻngchi “Milliy birlik” partiyasi 34,2% ovoz bilan etakchilik qilmoqda. Chap qanot koalitsiyasi – “Yangi xalq fronti” 29,1% ovoz toʻplagan boʻlsa, iqtidordagi prezident Emmanuelʻ Makronning partiyasi esa 21,5% ovoz bilan 3-oʻrinni band etgan. Eslatib oʻtamiz, Makron Bratislavadagi Globsec xavfsizlik forumida Evropa xavfsizlik borasida AQShga qaram boʻlmasligi kerakligini aytib chiqqandi.
Shri-Lanka delegatsiyasi Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya armiyasi safida Ukrainadagi urushda oʻldirilgan va yaralangan Shri-Lanka fuqarolari uchun tovon puli toʻlash masalasini koʻtardi. Mamlakat rasmiylariga koʻra, urushda kamida 17 nafar shri-lankalik halok boʻlgan, 37 nafari yaralangan va oʻndan ortiq odam asirda saqlangan boʻlishi mumkin.
Husiylar Qizil dengizda Isroilga yoʻl olgan Gretsiyaning Transword Navigator savdo kemasiga hujum qildi. Hujum qarshilik harakatining Toofan boshqaruvchisiz kamikadze qayigʻi orqali amalga oshirilgan. Sionistlar bunday dronlar Yaman raketalariga qaraganda bir necha barobar xavfli ekanini taʻʻkidlayapti.
Qoʻshma Shtatlar Isroilga urush boshlanganidan beri 6,5 milliard dollarlik harbiy yordam koʻrsatgan. Jumladan, AQSh falastinliklar qirgʻini uchun 10 000 dan ortiq oʻta vayron qiluvchi 907 kg.li bombalar va minglab Hellfire raketalarini yuborgan.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) yangi geosiyosiy oʻyinchi sifatida xalqaro maydonga chiqdi. Bu haqda Amerikaning Eurasia Review nashrida tahliliy maqola chop etildi. Maqolada har bir davlat TDTning teng huquqli aʻʻzosi hisoblanishi tashkilotning yutugʻi sifatida eʻʻtirof etilgan. Muallif MDH, Britaniya hamdoʻstligi yoki Frankofoniya singari tashkilotlarda sobiq mustamlakachi davlatlar etakchilik qilishi, qolgan davlatlar esa siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik masalasida kuchlilarning gapiga quloq solishini qoʻshimcha qilgan.
Oʻsh viloyati Novqat tumani Abshir Ota qishlogʻiga sel kelishi oqibatida qurbon boʻlganlarning aksariyati 8 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlardir. Hududda favqulodda holat eʻʻlon qilingan. Oʻsh–Botken avtomobilʻ yoʻlida koʻprik qulab tushgani aytilmoqda.
Bayrutda Arab ligasi bosh kotibi yordamchisi Husam Zaki qarshilik harakati siyosiy byurosi aʻʻzosi Muhammad Raad bilan uchrashib, unga liga qarorini maʻʻlum qilgan. Jurnalistlar bilan suhbatda misrlik diplomat Hizbullohning Isroil bilan mojarosi kengayishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini hamda barcha tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga rioya qilishi kerakligini qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, 2016 yilda Arab ligasi Saudiya tashabbusi bilan Hizbullohni terror tashkilot deb tan olgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi aʻʻzolari bilan onlayn muloqotida koʻproq oʻrta va qisqa masofali yadroviy raketalar ishlab chiqarish kerakligiga eʻʻtibor qaratdi. Rossiya etakchisi AQShning butun dunyo boʻylab shunday qurollari borligi, Rossiya ham oʻz xavfsizligini taʻʻminlash uchun maʻʻlum nuqtalarga yadro kallaklarini tashuvchi raketalarini joylashtirishi kerakligini taʻʻkidlagan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 267 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Mudofaa vazirligi Chirchiq togʻ poligonida MDH davlatlari boʻyicha "Makarov" pistoleti va "Kalashnikov" avtomatidan oʻq otish boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtganini maʻʻlum qildi. Rossiya, Belarusʻ, Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etgan musobaqada oʻzbekistonlik harbiylar gʻolib deb topilgan.