Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina isteʻʻfoga chiqdi va qoʻshni Hindistonga qochib ketdi. Mamlakat yuzlab odamlarning oʻlimiga olib kelgan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Armiya shtab boshligʻi general Vaqer-Uz-Zamon muvaqqat hukumat tuzilishini maʻʻlum qildi.
Isroilning Yedioth Ahronoth gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻazoda kamida 10 ming bosqinchi askar halok boʻlgan yoki yaralangan. Nashr, shuningdek, har oy 1000 ga yaqin askari toʻqnashuvlarda yaralanib, Mudofaa vazirligi kasalxonalariga joylashtirilayotganini maʻʻlum qildi. Bu Gʻazoni 10 oydan beri qirgʻin qilib kelayotgan Isroil armiyasi tarixidagi eng katta yoʻqotishdir.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 304 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tokio fond birjasi indeksi Qoʻshma Shtatlarda ishsizlik darajasi oʻsgani haqidagi maʻʻlumotlar fonida rekord darajadagi 9 foizga tushdi, ayrim hollarda pasayish 13 foizni tashkil etdi. Bu 1987 yildagi “qora dushanba”dan beri eng katta pasayishdir.
Bangladeshda davlat xizmatiga kvota ajratish qaroriga qarshi chiqqan namoyishchilar oʻlimiga eʻʻtibor qaratish maqsadida tashkil etilgan namoyishlarda 48 kishi halok boʻldi. Poytaxt va ayrim hududlarda "muddatsiz komendantlik soati" eʻʻlon qilindi.
Falastinning HAMAS harakati Tehronda Ismoil Haniya oʻldirilganidan keyin yangi rahbar tanlash jarayonini boshlanganini eʻʻlon qildi. HAMAS harakati Haniyaning oʻldirilishi “HAMAS va Falastin qarshiliklarini yanada kuchliroq hamda oʻz yoʻli va yondashuvini davom ettirishda qatʻʻiyroq qilishini” taʻʻkidladi.
Mali iyulʻ oyida hukumat qoʻshinlarining jangarilar bilan jangdagi ogʻir magʻlubiyatida yuqori martabali ukrain amaldorlari muhim rolʻ oʻynaganini taʻʻkidlab, Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzishini maʻʻlum qildi.
AQSh va Isroil rasmiylari Eron Isroilga dushanba kuni hujum qilishi mumkinligini bildirdi. Axios manbalariga koʻra, Eronning harakatlari aprelʻ oyidagi hujumga oʻxshash, ammo potentsial jihatdan kattaroq boʻladi. Ularda Hizbulloh ham ishtirok etishi mumkin.
Britaniyada “oʻta oʻng qanot bezorilar” tomonidan mamlakat boʻylab musulmonlar va qora tanlilarga qarshi pogromlar uyushtirildi - oʻtkinchi qora tanlilar kaltaklandi, masjidlarga hujumlar amalga oshirildi. Bunga musulmon boʻlmagan va Britaniyada tugʻilgan qora tanli oʻsmirning bolalarga pichoq bilan hujum uyushtirgani sabab boʻldi. Mamlakat bosh vaziri bezorilarni javobgarlikka tortishga vaʻʻda berdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 303 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.