Saudiya Arabistoni hukumati bir hafta ichida yashash, ishlash va chegara xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun 21 049 kishini hibsga oldi. Rasmiy xabarga koʻra, rezidentlik toʻgʻrisidagi qonun talablarini buzgan 13209 nafar, chegarani noqonuniy kesib oʻtishga uringan 5177 nafar, mehnat qonunchiligini buzgan 2663 nafar shaxs qoʻlga olingan.
Rossiya boshqariluvchi aviabombalar yomgʻiri va piyodalar hujumi orqali Ukraina sharqida ilgarilamoqda. Bir hafta ichida 57 kv km ukrain zaminini oʻziga qoʻshib oldi. Tinch aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Eron huquq-tartibot organlari xodimlari HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya oʻlimi boʻyicha tergov doirasida bir necha oʻnlab kishilar, jumladan, mamlakat razvedka xizmatining yuqori martabali amaldorlarini hibsga oldi, deb yozmoqda The New York Times.
Sudanda rasman ocharchilik eʻʻlon qilindi. Mamlakatdagi harbiy guruhlar oʻrtasida 15 oydan ziyod vaqtdan buyon davom etayotgan ichki urushlar natijasida 48 millionlik aholining yarmidan koʻpi ochlikdan aziyat chekmoqda, har 10 ming kishidan ikki nafar katta yoshli yoki toʻrt bola har kuni toʻyib ovqatlanmaslik va ochlikdan vafot etmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 302 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
HAMAS tashqi siyosati rahbari Xolid Mashal Harakat siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning dafn marosimida ular muzokaralar olib bormasligi, yon bosmasligi va Isroilni tan olmasligini maʻʻlum qildi.
Eron davlat televideniesi tomonidan qilingan bayonotda “Dunyo yaqin soatlarda juda muhim oʻzgarishlarga guvoh boʻladi”, degan jumlalardan foydalanildi.
Urush, bu – urush... Ismoil Haniyaning oʻlimi HAMASning yangi rahbari masalasini koʻtardi. Oldingi ikki etakchi, jumladan, asoschisi Shayx Ahmad Yasin vafot etdi, biri deyarli moʻʻʻjizaviy tarzda tirik qoldi. Harakatning istiqbollarini tushunish uchun nimalarni bilish kerak.
Iyunʻ oyi oxirlarida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Yaqin Sharq mamlakatlaridan birining poytaxtida Rossiya razvedka tashkiloti xodimlari bilan yashirin muzokaralar oʻtkazilgani maʻʻlum boʻldi. Uchrashuvda AQShdagi mahbuslar, shu jumladan Germaniyada Zelimxon Xankoshvilini oʻldirganlikda ayblangan rossiyalik Vadim Krasikovni almashish boʻyicha taklif muhokama qilingan.
Isroilning Haaretz gazetasi HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi, Bayrutda Hizbulloh qoʻmondonlaridan biri, Gʻazoda Izziddin Al-Qassam brigadasi rahbari Muhammad al-Dayf oʻldirilgani haqidagi xabarlar bosh vazir Netanyaxu isroillik asirlarni ozod qilish fikridan yiroq ekani, Isroil mintaqada tinchlik oʻrnatishni maqsad qilmayotganini anglatishi haqida yozdi.