Isroil aviatsiyasi Livanda Hizbulloh nuqtalariga uyushtirgan vakuumli bomba hujumlari natijasida harakatning besh aʻʻzosi halok boʻldi. Bunga javoban Isroil hududiga uyushtirilgan uchuvchisiz uchoq hujumlarida esa 17 isroillik jarohatlandi.
Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, uzoq vaqtdan beri Hasinaning raqibi hisoblangan va "kambagʻallar bankiri" sifatida tanilgan 84 yoshli Muhammad Yunus Bangladesh oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi.
HAMAS harakatining Gʻazo sektoridagi rahbari Yahyo Sinvar Eronda oʻldirilgan Ismoil Haniya oʻrniga tashkilot Siyosiy byurosi raisi etib tayinlandi. Yahyo Sinvar kim? Ayrim munosabatlar.
Nigeriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya va Indoneziya Britaniyadagi fuqarolarini mamlakat miqyosida sodir boʻlayotgan tartibsizliklar hamda "musulmonlar yoki rangli odamlar"ga qarshi hujumlar fonida odamlar gavjum joylarga borish va sayohat qilishdan ogohlantirib, ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qilmoqda.
Meta Platforms Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning Facebook va Instagram akkauntlaridan HAMAS etakchisi Ismoil Haniyaning oʻldirilgani bilan bogʻliq kontentni oʻchirib tashlagani uchun uzr soʻradi.
10 avgustdan Tojikiston va Eron oʻrtasida vizasiz rejim kuchga kiradi. Ikki davlatning xorijga chiqish pasportlariga ega fuqarolari viza rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 90 kun ichida 30 kunlik muddatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin boʻladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 305 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Britaniyaning Plimut shahrida muhojirlar va musulmonlarga qarshi tartibsizliklarni amalga oshirgan oʻta oʻng guruhning olti nafar aʻʻzosi qoʻlga olindi. Politsiya bayonotiga koʻra, toʻqnashuvlar chogʻida irqchilikka qarshi parallelʻ oʻtkazilayotgan namoyishda radikallarni ishtirokchilardan ajratib turgan politsiya xodimlari yaralangan.
Soʻnggi paytlarda Rossiya kompaniyalari MDHdan tashqari mamlakatlardan ishchilarni qidirish boʻyicha faolligini sezilarli darajada oshirdi. Deyarli barchani hayratda qoldirgan narsa – mehnat zaxiralarining hatto Afrikadan ham jalb qilingani! Bundan tashqari, ushbu jarayon bir necha yil oldin boshlangan va faqat jadal rivojlanmoqda.
HAMASning Gʻazo shimoli va markazidagi harbiy batalʻonlari oʻn oylik Isroil hujumlariga qaramasdan, jangovar salohiyatining bir qismini tikladi. Tegishli maʻʻlumotlar Urushni oʻrganish instituti, Amerika tadbirkorlik institutining “Kritik tahdidlar” loyihasi va CNN qoʻshma hisobotida keltirilgan.