Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 363 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Oʻzbekistonda goʻsht narxi koʻtarilib, eksport hajmi oshgani ortidan Qirgʻizistonda ham ushbu mahsulot keskin qimmatlashdi. Shu sababli Qirgʻiziston hukumati goʻsht eksportiga vaqtinchalik taqiq qoʻydi.
Soʻnggi vaqtlarda Bayden Netanyaxuga taʻʻsiri kamayganidan gʻazablanmoqda, ular oʻrtasidagi telefon orqali muloqotlar esa tortishuvlarga aylanib ketmoqda, deb yozdi Politico nashri AQSh rasmiy shaxslariga tayangan holda.
Ruandada oʻlim darajasi yuqori boʻlgan Marburg gemorragik bezgagiga chalinish holatlari tasdiqlandi. Mamlakatning 30 ta okrugidan ettitasida kasallik aniqlangan, oʻlim holatlari ham qayd etilgan. Germaniyada ham ikki kishida ushbu infektsiya alomatlari aniqlandi.
Hizbulloh Livan hududiga bostirib kirgan Isroil askarlariga bir qancha tuzoqlar oʻrnatib, eng kamida 6 tasini oʻldirdi, 60 ga yaqinini yaraladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 362 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiya qoʻshinlari Ukraina sharqidagi Ugledar shahri, Ukraina harbiylarining Donetsk viloyatidagi strategik nuqtasi ustidan toʻliq nazorat oʻrnatdi. Ugledar 2022 yilda urush boshlanganidan beri Rossiyaning shiddatli hujumlariga dosh berdi va 2,5 yil davomida egallashga boʻlgan barcha urinishlariga qarshi kurashib kelayotgandi.
“Temir gumbaz”, xuddi Isroil haqidagi boshqa narsalar kabi, qandaydir choʻpchakka oʻxshaydi. Isroil oʻz dushmanlariga ham, fuqarolariga ham etkazishga urinayotgan daxlsizlik aurasiga putur etdi. Dunyoga Isroil mudofaasi faqat Falastin qarshilik kuchlari jangchilari ishlatadigan oddiy raketalarnigina qaytara olishi maʻʻlum boʻldi. Eron, agar xohlasa, Isroilga zarar etkazish qobiliyatiga ega ekanligini yaqqol koʻrsatib qoʻydi – tahlilchi Ketlin Jonstoun maqolasidan.
AQShning sharqiy hududlariga urilgan “Helen” toʻfoni qurbonlari soni 150 nafardan oshdi, 600 ga yaqin kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Toʻfon vaqtida shamol tezligi soatiga 225 km gacha chiqdi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish mamlakat 95-110 milliard dollarga tushishi mumkin.
Eron Isroilga tarixda misli koʻrilmagan raketa zarbalarini bergan tunda Tel-Avivda yana bir qonli voqea sodir boʻldi. Ikki nafar qurollangan falastinlik Isroil poytaxtining tarixiy Yaffa tumanida odamlarga qarata oʻq uzdi. Hodisada kamida etti kishi halok boʻldi, bir necha kishi jarohatlandi. Hujum qilganlar ham shahid etildi.