Eron Isroilga 500 ga yaqin ballistik raketalar bilan hujum qildi. Qayd etilishicha, raketalarning bir qismi “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimini yorib oʻtgan. AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylarga Eron hujumlaridan himoyalanish uchun sionistlarni qoʻllab-quvvatlashni buyurgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 361 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Hukmron koalitsiya aʻʻzolari Germaniyada “islomizm”ni bir necha bor qoraladi. Bundestagdagi “Yashillar” partiyasi etakchisi Katarina Droge oʻz bayonotida “Islom zahri nafaqat chet elda, balki Germaniyada ham odamlar ongini zabt etayotganini” daʻʻvo qilishgacha borib etdi. Keyinchalik u “Islom” oʻrniga “Islomizm” demoqchi boʻlganini qoʻshimcha qildi.
Isroil Livanga quruqlikdan va havodan hujumlar uyushtirmoqda. Soʻnggi 24 soat ichida Isroil hujumlari natijasida 95 kishi halok boʻldi, 172 kishi jarohatlandi. Hizbulloh ham javob zarbalarini berdi – muhim xabarlar.
Isroil armiyasi Livan janubiga quruqlik orqali bostirib kirishni boshladi. Livan qoʻshinlari esa mamlakat janubidagi pozitsiyalarini tark etib, 5 km ichkariga chekinmoqda. Hozircha TsAXAL qarshiliksiz ilgarilamoqda.
Sudanda 2023 yil aprelidan beri davom etayotgan fuqarolar urushi, shuningdek, vabo epidemiyasi va yirik suv toshqinlari qurbonlari soni ortmoqda. Qurolli toʻqnashuvlarda 20 mingdan ortiq musulmon halok boʻlgan boʻlsa, suv toshqinlaridan 225, vabodan 535 kishi hayotdan koʻz yumdi.
Livandagi Hizbulloh harakati Hasan Nasrulloh oʻlimidan soʻng harakat ijroiya kengashi raisi Hoshim Safiyiddinning bosh kotib lavozimiga tayinlanganini rad etdi. Harakat Hizbulloh rahbariyatining rasmiy bayonotiga qadar bunday xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 360 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Eron razvedkasining Isroilga qarshi kurash boʻlinmasi rahbari Mossad agenti boʻlib chiqqani, Isroil josuslari Eron hukumati, ayniqsa razvedka va xavfsizlik boʻlinmalarining eng yuqori darajalarigacha sizib kirganini taʻʻkidladi.
AQShning janubi-sharqida “Helen” toʻfoni sodir boʻldi. Tabiiy ofat oqibatida eng kamida 111 nafar fuqaro halok boʻldi, 40 milliondan ziyod amerikalik jabrlandi. Tabiiy ofat natijasida koʻrilgan zarar miqdori 100 milliard dollargachani tashkil etishi mumkin.