Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 363 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazoga hujumlarini kuchaytirdi. Kun davomida ular 5 marta qirgʻin qilishdi, 89 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 41689 kishi shahid boʻldi.

️WAFA: Sharqiy Quddusda 2024 yilning uchinchi choragida Isroil hujumlari natijasida sakkiz falastinlik halok boʻldi, 304 nafari hibsga olindi va 16138 mustamlakachi Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafahda Merkava tankini portlatib, ishgʻolga oid harbiy texnikani yoʻq qildi.

▪️Bu tunda bosqinchilar Bayrutning janubiy chekka hududlariga 20 marta zarba berdi. Ulardan biri tez yordam stantsiyasiga kelib tushgan. Kun davomida 46 kishi halok boʻldi, 85 kishi jarohat oldi.

▪️Soʻnggi 24 soat ichida Isroil havo kuchlarining Livanga bergan zarbalari natijasida 46 kishi halok boʻldi, 85 kishi yaralandi. 2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroilning Livanga qilgan hujumlarida 1928 kishi halok boʻldi, yana 9290 kishi yaralandi. Ayni vaqtda 1 million 200 ming kishi oʻqqa tutilishi sababli uyini tark etishga majbur boʻldi.

▪️Hizbulloh Livan janubidagi Marun ar-Ras shahri tomon harakatlanayotgan Isroilning 3 tanki boshqariluvchi raketa yordamida yoʻq qilgani, shaharga kirishga uringan isroil piyoda askarlariga hujum qilingani haqida xabar berdi.

▪️Isroil Livanga hujum chogʻida 8 ta askar halok boʻlgani va 39 tasi yaralangani haqida xabar berdi. Haqiqiy raqamlar koʻproq: Hizbulloh bilan jangda 14 dan 35 gacha askar halok boʻlgan.

▪️Husiylar: Ishgʻol ostidagi Yafa (ibroniy Tel-Aviv)dagi hayotiy nishonga bir nechta uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildik, nishonlarga aniq zarba berildi.

▪️Suriya va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Jebla shahri yaqinida dushman zarbasini qaytardi.

Mavzuga aloqador