Janubiy Koreyada parlament tomonidan dekabrʻ oyida harbiy holat joriy etishga urinish ayblovi bilan impichment eʻʻlon qilingan prezident Yun Suk Yol ikkinchi urinishda hibsga olindi. Prezident soʻroqqa kelishga ixtiyoriy ravishda rozilik berdi.
Istanbul shahrida qalbaki spirtli ichimliklarning tarqatilishi natijasida zaharlanish holatlari kuzatildi. Soʻnggi sutka ichida 38 kishi zaharlangan boʻlib, 11 nafari hayotdan koʻz yumgan. Vafot etganlar orasida 6 nafar Oʻzbekiston fuqarosi ham bor.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishga oid qonun qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab tavakkalchilikka asoslangan onlayn oʻyinlar va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq soʻzlab, mamlakatning barqaror rivojlanish va “yashil” taraqqiyot boʻyicha ustuvor maqsadlarini bayon qildi.
Oʻzbekiston va Eron turizm sohasida qoʻshma qoʻmita tashkil etish va YuNESKO doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. ShuningdeEron Oʻzbekiston delegatsiyasini fevralʻ oyida Tehronda boʻlib oʻtadigan Xalqaro turizm koʻrgazmasiga taklif etdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 466 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiyaning 47 ta hududida migrantlarni ishga joylashtirishga cheklovlar joriy etildi. Cheklovlar asosan Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan muhojirlarga taʻʻsir qiladi.
Turkiya Afgʻonistonga 730 tonna gumanitar yordam etkazdi. Bu yordamga 4 ming chodir, 43 ming koʻrpa-toʻshak, oshxona jihozlari va oziq-ovqat paketlari kiradi. Maʻʻlumot uchun, Turkiya qochqinlarga yordam beruvchi mamlakatlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turadi.
Isroil hukumati Gʻazoda tinchlik oʻrnatish boʻyicha sulh taklifini qabul qilgani aytilmoqda. Uch bosqichli sulh loyihasida asirlar almashish, Isroil qoʻshinlarining Gʻazoni toʻliq tark etishi va boshqalar oʻrin olgan. Barcha asosiy shartlar va talablar
Qirgʻiziston parlamentida “ov”/“ova” va “vich”/“vna” qoʻshimchalari oʻrniga “uulu” (oʻgʻillar uchun), “qizi” (qizlar uchun) qoʻshimchalarini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Ushbu loyiha tasdiqlanmay turib, parlament spikeri Nurlanbek Shakiev oʻz familiyasini Nurlanbek Turgʻunbek uuluga oʻzgartirdi.