15 yanvarʻ kuni Isroil va HAMAS Gʻazodagi janglarni toʻxtatish hamda isroillik garovga olinganlar va falastinlik mahbuslarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishdi. Kelishuv imzolanganidan bir kun oʻtib kuchga kiradi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning soʻzlariga koʻra, Isroilning HAMASga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyalari guruhni harbiy yoʻl bilan yoʻq qilishga imkon bermadi.
Abu-Dabidagi "Qasr ash-Shati" qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev va Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Rossiyada urush boshidan buyon telefon firibgarlari yoʻl-yoʻrigʻi bilan amalga oshirilgan oʻt qoʻyish hujumlari soni 180 tadan oshgan. Bu hujumlar harbiy roʻyxatga olish va chaqiruv punktlari, banklar, avtomashinalar va boshqa jamoat obʻʻektlariga qaratilgan.
Misr hukumatini tanqid qilib tanilgan Ahmad Al-Mansur Suriyada hibsga olingan. Xavfsizlik manbalari uning Suriya razvedkasi tomonidan hibsga olinganini va ehtimoliy ravishda Misrga ekstraditsiya qilinishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 467 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Jahon boʻylab musulmonlar tomonidan intiqib kutiladigan muqaddas Ramazon oyining 2025 yildagi birinchi kuni 1 mart, shanba kuniga toʻgʻri kelishi astronomik hisob-kitoblar asosida taxmin qilinmoqda.
Armaniston va AQSh oʻrtasida strategik sheriklik xartiyasi imzolandi. Mazkur kelishuv xavfsizlik, mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan.