Qirgʻiziston parlamentining spikeri Nurlanbek Shakiev oʻz familiyasini Nurlanbek Turgʻunbek uuluga oʻzgartirdi. U bu orqali milliy oʻzlikni saqlash va qirgʻiz familiyalari tizimini boyitish tashabbusini amalga oshirdi.

Avvalroq u yana ikki deputat qirgʻizistonliklarning familiyasi variantlarini kengaytirishni taklif qilgan edi. Mazkur tashabbus boʻyicha Oila kodeksiga va “Fuqarolik holati dalolatnomalari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish kiritilishi rejalashtirilmoqda. Yangi qonun loyihasi “ov”/“ova” va “vich”/“vna” soʻzlarini saqlab qolgan holda, “uulu” (oʻgʻillar uchun), “qizi” (qizlar uchun) va “teglar” soʻzlari bilan yangi variantlarni qoʻshishni taklif qiladi.

Shakievning soʻzlariga koʻra, bu choralar milliy oʻzlikni asrash va globallashuv davrida milliy anʻʻanalarni mustahkamlash uchun muhim.

“Boshqalarga oʻxshab qanchalar harakat qilmaylik, arab, amerikalik, rus yoki evropalik boʻlmaymiz, oʻzimizni unutib, manqurtga aylanamiz, - dedi u.

Mavzuga aloqador