Tramp isroil uchun istisno qilishga tayyor
AQSh Prezidenti Donald Tramp bosqinchi isroil, Vetnam va Hindiston bilan yangi savdo bitimlari yuzasidan muzokaralarni boshladi. CNN maъlumotlariga koʻra, bu bitimlar amaldagi boj stavkalarini kamaytirishi mumkin.
Hozirda AQSh isroil mahsulotlariga 17 foiz, Hindiston tovarlariga 26 foiz va Vьetnam mahsulotlariga 46 foiz boj soligʻi joriy qilgan.
Axios xabariga koʻra, isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uyga bugungi tashrifi chogʻida Tramp bilan savdo shartlarini qayta muhokama qilmoqchi.
Tramp ilgari agar savdo shartlari AQSh manfaatlariga zid boʻlsa, ularni qayta koʻrib chiqishga tayyor ekanini bildirgandi.
Vashingtonning qaroriga javoban, Xitoy 10 apreldan boshlab AQSh mahsulotlariga 34 foizlik boj soligʻi joriy qilishini bildirdi. Shuningdek, Tramp Xitoydan import qilinadigan tovarlarga 54 foizlik boj belgiladi.













