Kanada bosh vaziri Mark Karni AQShning avtomobil importiga 25 foizlik boj joriy etishi ortidan ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va harbiy hamkorlikning avvalgi shaklda davom etmasligini maъlum qildi, deb xabar bermoqda France24 nashri. 


Karni ushbu tariflar savdo kelishuvlariga zid ekanini, endilikda Kanada ham AQShga qarshi keskin munosabatda boʻlishini bildirar ekan, “Biz iqtisodiyotimizni himoya qilish uchun qatъiy chora koʻramiz”, deya bayonot berdi. 


Maъlumki, Trampning tariflari Kanada avtomobil sanoati uchun katta zarba boʻlishi mumkin, chunki bu soha mamlakat boʻylab 500 ming ish oʻrnini taъminlaydi. 


Shunday boʻlsa-da, Bosh vazir AQSh bilan savdo muzokaralarini faqat Kanada suvereniteti hurmat qilinsagina davom ettirishini maъlum qildi. “Hurmat – men uchun asosiy shart”, dedi u.

Mavzuga aloqador