suvdan
-
Sudan Tribune maъlumotlariga koʻra, BAA tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Tezkor harakat kuchlari (RSF) Shimoliy Darfur va uning atrofidagi hududlarga yirik hujum boshlashni rejalashtirmoqda.
-
Isroilning Sudanga nisbatan siyosatidagi "bosh gʻoya" Devid Ben-Gurionning mashhur bayonotidan olingan: “Biz (Isroil) kichik bir xalqmiz. Imkoniyatlarimiz cheklangan. Bu cheklovlarimizni Arab davlatlaridagi dushmanlarimiz bilan urushda zaif nuqtalarini aniqlash va chuqur oʻrganish orqali bartaraf qilishimiz kerak. Ayniqsa etnik, mazhabiy guruhlar va ozchiliklar oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirar ekanmiz, ularni echilmaydigan muammoga aylantirishimiz zarur”. Mazkur “bosh gʻoya” Isroilning arab mamlakatlari bilan qanday muomala qilishini belgilab beradi. Uning asosida yahudiy davlati “periferiya strategiyasi”ni – yaъni arab mamlakatlarining chekka hududlaridagi beqarorlikni kuchaytirish strategiyasini ishlab chiqqan. Bu aynan Janubiy Sudandagi boʻlinish orqali amalga oshirildi.
-
Shimoliy Darfur va Kordofan hududlarida iyulь oyi oʻrtalaridan buyon zoʻravonliklar avj olgan. 450 dan ortiq tinch aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar halok boʻlgan.
-
Mintaqada oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmon etishmovchiligi misli koʻrilmagan darajaga etgan. 457 ming bola toʻyib ovqatlanmaslik tufayli ogʻir kamqonlikdan aziyat chekyapti. 146 ming nafar bolaning ahvoli oʻta ogʻir.
-
Sudan shifokorlari tarmogʻi maъlumotlariga koʻra, qamal ostidagi Al-Fasher shahrida bolalar oʻrtasida oʻlim holatlari keskin oshgan – joriy yilning yanvarь oyidan beri kamida 239 bola halok boʻlgan. Buning asosiy sababi: Tezkor harakat kuchlari (RSF) tomonidan shaharning qamal qilinishi, gumanitar inqiroz va xalqaro hamjamiyat tomonidan hech qanday yordam va eъtibor berilmayotganidir. Maъlumot uchun, 2021 yil oktyabridagi davlat toʻntarishidan keyin Sudanni generallardan tarkib topgan kengash boshqarmoqda va ularning asosiy ikkitasi oʻrtasida nizo kelib chiqqan.
-
Sudandagi mojaro muhim pallaga keldi. Oʻttiz toʻqqiz oylik fuqarolik urushidan soʻng Sudan qurolli kuchlari (SAF) juma kuni ertalab Xartum markazidagi prezident saroyini qayta qoʻlga kiritib, urush boshidan beri hududni nazorat qilib kelayotgan isyonchi yarim harbiy guruh – Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF)ga jiddiy va hal qiluvchi zarba berdi.
-
2010 yillarda Suriya va Livandagi mojarolar haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan gazetalarda paydo boʻldi, ammo Yamandagi inqiroz unutib qoʻyildi. Afsuski, bu yil Gʻazo, Ukraina va Livandagi mojarolar tufayli Sudan eʻʻtibor roʻyxatidan pastga tushib ketdi. Kelgusi yilda butun dunyodagi hukumatlar va axborot agentliklari Sudandagi voqealarga eʻʻtibor qaratishlari va sudanliklarning hikoyalariga munosib eʻʻtibor berishning yangi usullarini oʻylashlari kerak. Britaniya Islomiy yordam tashkiloti direktori Tufail Husayn maqolasidan.
-
Sudan hukumati Tezkor harakat kuchlarining (RSF) poytaxt Xartum gʻarbidagi Omdurmanda masjidga uyushtirgan artilleriya hujumida kamida besh nafar tinch aholi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, masjid imomi va bir qancha bolalar jarohatlangan.
-
Sudanda vabo epidemiyasi oqibatida vafot etganlar soni 852 nafarga etdi. 3,4 million sudanlik bola xavf ostida. Shuningdek, mamlakatdagi fuqarolik urushi sababli 11 milliondan ortiq kishi qochqinga aylangan.
-
Sudanda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) Shimoliy Darfurning Malha hududida Sudan armiyasi tomonidan bombardimonchi sifatida foydalanilayotgan samolyot urib tushirilganini maʻʻlum qildi. Biroq qoldiqlar Il-76 samolyotiga tegishli boʻlib, ekipaj aʻʻzolaridan biri BAAda joylashgan Qirgʻizistonga aloqador Airline Transport Incorporation FZC kompaniyasi guvohnomasi boʻlgan.





















