suvdan
-
Sudan Tezkor Harakat Kuchlari rahbari Muhammad Hamdan Dagalo Misrni mamlakatdagi qurolli mojarolarga aralashayotgan 6 davlatdan biri ekanini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, Misr qurolli kuchlari Xartum janubidagi Jabel Moya hududiga zarbalar bermoqda.
-
Sudanda 2023 yil aprelidan beri davom etayotgan fuqarolar urushi, shuningdek, vabo epidemiyasi va yirik suv toshqinlari qurbonlari soni ortmoqda. Qurolli toʻqnashuvlarda 20 mingdan ortiq musulmon halok boʻlgan boʻlsa, suv toshqinlaridan 225, vabodan 535 kishi hayotdan koʻz yumdi.
-
Sudanning turli viloyatlarida tarqalgan vabo kasalligiga chalingan soni 9533, epidemiya qurbonlari soni esa 315 nafarga etdi. Mamlakatda avj olgan qurolli toʻqnashuvlar hamda iyunʻ oyidan buyon davom etayotgan yogʻingarchiliklar va suv toshqinlari sababli yuz minglab musulmonlar qiyin ahvolda qolgan.
-
Sudanning sakkizta viloyatida tarqalgan vabo kasalligiga chalingan soni 7296, epidemiya qurbonlari soni esa 252 nafarga etdi. Mamlakatda avj olgan qurolli toʻqnashuvlar sogʻliqni saqlash tizimini izdan chiqardi. Iyunʻ oyidan buyon davom etayotgan yogʻingarchiliklar hamda suv toshqinlari esa vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.
-
Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi Kesele va Gadarif viloyatlarida 128 ta yangi vabo holati qayd etilgani, umumiy kasallanganlar soni 1351 nafarga etgani hamda ularning 56 nafari hayotdan koʻz yumganini maʻʻlum qildi. Mamlakatda davom etayotgan suv toshqinlari qurbonlari soni esa 138 nafarga etdi.
-
"Sudandagi mojaro juda yuqori keskinlikka ega boʻlishi mumkin, lekin Gʻarb uchun Ukraina yoki Gʻazo singari geosiyosiy ahamiyatga ega emas. Ukraina Evropaning xavfsizligi uchun ahamiyatli, Sudan haqida esa bunday deya olmaymiz. Shuning uchun Kiev Gʻarbning barcha gʻamxoʻrliklariga loyiq. Sudanga esa qotgan nonni ham ravo koʻrishmaydi. Gʻazo ham Isroil bosqinchilari haqida doim qaygʻuradigan AQSh va uning hamkorlari nuqtai nazaridan qaralganda birlamchi masala..."
-
Sudanda hukumat armiyasi va Tezkor harakat kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar boshlanganiga 500 kun boʻldi. Bu davr mobaynida mamlakat har tomonlama tanazzulga yuz tutdi, 19 mingga yaqin inson halok boʻldi, 10 milliondan ziyoj kishi uy-joylarini tashlab ketishga majbur boʻldi.
-
Shveytsariyadagi nomaʻʻlum joyda yopiq eshiklar ortida AQSh shafeligida Sudan hukumatining ishtirokisiz ushbu mamlakatda tinchlik oʻrnatish boʻyicha 10 kunlik muzokaralar boshlandi. Muzokaralarda Saudiya Arabistoni, AQSh, Shveytsariya, BAA, Misr, Afrika Ittifoqi va BMT vakillari qatnashmoqda.
-
Soʻnggi uch kun ichida Sudanning Nil daryosi viloyatida sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida 34 kishi halok boʻldi, yana 588 kishi jarohatlandi. Iyunʻ oyidan buyon davom etayotgan toshqinlarda jami 77 kishi hayotdan koʻz yumdi. Minglab insonlar boshpanasidan ayrildi.
-
Sudanda rasman ocharchilik eʻʻlon qilindi. Mamlakatdagi harbiy guruhlar oʻrtasida 15 oydan ziyod vaqtdan buyon davom etayotgan ichki urushlar natijasida 48 millionlik aholining yarmidan koʻpi ochlikdan aziyat chekmoqda, har 10 ming kishidan ikki nafar katta yoshli yoki toʻrt bola har kuni toʻyib ovqatlanmaslik va ochlikdan vafot etmoqda.





















