mubashir ahmed
-
Dinimizda ham, hayotimizda ham biror ishni bajarganda oʻsha insonning niyati va qasdi juda muhim hisoblanadi.
-
Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida Ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunladi.
-
Ertaga soat 16:00 da Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida Ustoz Mubashshir Ahmad ishi boʻyicha navbatdagi sud majlisi boʻladi.
-
Bugun koʻryapmizki, dunyo Mubashshir Ahmad bilan hamfikr ekan. Butun dunyo Ustozning Falastindagi genotsidga qarshi bildirgan sharhlarini qoʻllab-quvvatlayapti, kerak boʻlsa takrorlayapti. Shundan kelib chiqsak, Ustozning Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi tomonidan eъlon qilingan fatvoni sharhlashi, ushbu fatvoning mohiyati va mazmuni xalqaro minbarlarda aytilayotgan soʻzlarga mos kelishi Oʻzbekistonning sanoqli ulamolaridan birining oqlanishini talab qiladi.
-
Ustoz Mubashshir Ahmadning advokati Abdulloh Sodiq Islom ulamosining sud ishi boʻyicha maxsus bayonot bilan chiqdi. Unda advokat boʻlib oʻtgan sud jarayonlari boʻyicha baъzi tafsilotlar, fikrlar va xulosalarini boʻlishgan. Bayonotda Ustozning sud jarayonini tahlil qilgan huquqshunos ushbu sudga "raislik etuvchi avvalo qonunga, oʻz vijdoni va ichki ishonchiga tayanib, ish boʻyicha aniqlangan holatlarni inobatga olib, toʻplangan dalillarga birma-bir baho berib, qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishi"ga umid bildirgan.
-
Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan absurd ayblardan yana biri “diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston hududiga olib kirish va tarqatish”. Domla yurtimizga birorta moddiy material olib kirmagan, hammasi virtual shaklda jahon internet tarmogʻida uzatilgan. Internet zamonida yashayapmiz, butun dunyo bitta qozonda qaynayapti, Er yuzi global maydonga aylanib boʻldi, shuning uchun internet tarmogʻida hududiy yaxlitlik degan narsa maъnosini butkul yoʻqotdi. Jahonga tarqalgan material, tabiiy, Oʻzbekistonga ham etadi. Kirmasin desak, internetni uzish kerak. Iloji bormi?
-
Ikkinchi sud majlisida qatnashgan guvohlar ham qoʻyilayotgan ayblovlar uchun etarlicha dalil keltira olishmagan. Dastlabki maъlumotlarga koʻra, shu bois ham Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblovlar sirasidan "millatlararo nizo qoʻzgʻatish" ayblovi olib tashlangan. Oʻz navbatida guvohlardan birining daъvosi ham bekor qilingan.
-
Oʻrta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi vasiylar kengashi raisi, “Azon” loyihalari asoschisi, ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) ishi boʻyicha sud kuni aniq boʻldi. Sud 2025 yil, 19 avgust, seshanba kuni soat 15:00da Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida, sudya Bobur Rahimov raisligida boshlanadi. Sudning ochiq yoki yopiq oʻtishi hozircha nomaъlum.
-
Immigratsiya boshqarmasi Tursunovga nisbatan “jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solganlik”ni sabab qilib koʻrsatgan holda deportatsiya qilish qarori qabul qilinganini aytdi. Biroq, bu iddao na Turkiya Jumhuriyati vakolatli muassasalari va na xalqaro hamjamiyat nazarida hech qanday qonuniy va aniq asosga ega emas. Tursunovdan Turkiyada, Oʻzbekistonda yoki boshqa bir davlatda jamoat tartibini buzadigan hech qanday harakati yoʻq va u hech qanaqasiga jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
-
Ustozga avdokati bilan koʻrishishga ham ruxsat berildi. Ustozning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli ikki advokatlaridan tashqari koʻplab advokatlar koʻngilli ravishda bu ishga qoʻshilmoqchi boʻldilar. Ammo mutasaddilar ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga faqat bitta advokatning himoya qilishi etarli ekani aytib, qolganlarining xizmatidan voz kechish haqida tilxat yozib berishlarini talab qilgan. Mubashshir domla bu shartni bajarganlar. Hozirda Ustozni bir vakolatli advokat domlani himoya qilmoqda.





















