mubashir ahmed
-
Mubashshir Ahmad domla Davlat xavfsizlik xizmati markaziy tergov hibsxonasi (Gvardeyskiy)da saqlanayotgani aniqlandi. Bugun, 2025 yiling 20 may, seshanba kuni uni faqat bir nafar yaqini (ukasi) bilan koʻrishishga ruxsat berilgan. Ukasining guvohlik berishicha, ustoz Mubashshir Ahmad tergovchi va boshqa mutasaddilarning muomalasidan shikoyat qilmaganlar va oʻzlarini qoʻllab, duolar qilib turgan barcha-barcha insonlardan minnatdor ekanlarini bildirganlar.
-
Turkiyada “MazlumDer” – “Inson huquqlari va mazlumlar uchun birdamlik” uyushmasining matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda huquq faollari va jamoat faollari ishtirok etdi.
-
Mubashshir Ahmadning hibsga olinishi masalasida Turkiya Migratsiya boshqarmasi (Göç idaresi)ga raddiya Turkiyalik advokat Ibrohim Ergin X ijtimoiy tarmogʻida Turkiya Migratsiya boshqarmasi (Göç idaresi)ning ustoz Mubashshir Ahmadning Istanbulda qoʻlga olinishi va Oʻzbekiston hukumatiga topshirilishi yuzasidan jamoatchilik eъtirozlari boʻyicha bayonotiga raddiya berdi. Ushbu raddiyani toʻliq holda oʻzbek tiliga tarjima qilib, eъtiboringizga havola etamiz.
-
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Mubashshir Ahmadning Oʻzbekistonga deportatsiya qilingani va qamoqqa olinganini tasdiqladi.
-
Turkiyaning yirik partiyalaridan biri, Erdoʻgʻon rahbarligidagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasining asosiy ittifoqchilaridan biri boʻlmish HuDaPar ("Hur daъvo") partiyasi hukumatni oʻzbekistonlik mashhur olim, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad bilan bogʻliq masala boʻyicha shaffof bayonot berishga chaqirdi. "Xalqaro qonun va Turkiya tomonidan tan olingan shartnomalar zulm qilinish xavfi ostidagi shaxslarning biror talabga koʻra topshirib yuborilishini taqiqlaydi. Insonparvarlik tamoyillariga va qochqinlarning boshpana soʻrash huquqiga rioya qilinishi nafaqat konstitutsiyaviy, balki vijdoniy majburiyat hamdir", deyiladi HuDaParning bayonotida.
-
Turkiyalik advokat Ibrohim Erginning maъlum qilishicha, Mubashshir Ahmad Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Uni 9 may kuniyoq shoshilinch tarzda deportatsiya qilishmoqchi boʻlishgani, lekin jamoatchilik aralashuvi tufayli Edirnega joʻnatilgani bildirilmoqda. «Edirnedagi Migratsiya idorasida razvedka nazorati ostida saqlangan, keyinchalik shanba kuni yana Istanbulga qaytarilgan. Bu orada u yuridik tizimdan chetlab oʻtilgan va noqonuniy tarzda Oʻzbekistonga topshirilgan», deyiladi huquq himoyachisining bayonotida. Advokat Ibrohim Erginga koʻra, xavfsiz joy istab, boshpana soʻrab kelgan insonni mamlakatiga qaytarib berib yuborish ham qonuniy, ham diniy va ham vijdoniy jihatdan joiz emas.
-
Oldinroq IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov texnik xato sababli Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning ogʻir jinoyatlarda ayblanayotgani haqida notoʻgʻri axborotlar tarqatilganini tan olgan edi. Ustoz Mubashshir Ahmadning huquqlarini himoya qilayotgan "Verum law firm" advokatlik firmasi vatandoshlarni ijtimoiy tarmoqlarda IIV tomonidan yoʻlga qoʻyilgan texnik xatolik yuzasidan fikr bildirishda hissiyotlarga berilmaslikka chaqirdi.
-
Islom dushmanlari va ateistlarning qator kanallarida birvarakayiga, xuddi kimdir topshiriq bergandek, «Mubashshir Ahmadga nisbatan qidiruv eъlon qilingani» haqidagi postlar joylandi. Ushbu xabarlarda Mubashshir Ahmadning qoʻporovchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm va firibgarlik kabi jinoyatlarda ayblanayotgani qayd etildi. «Dilnur Kamilov», «Muhabbat Nazar», «Daydi oʻq», «Mufasa», «Haqiqat qilichi», «Tafakkur qiling», «Asanov», «Abu Muslim» va boshqalar tanga topgan tentakdek xursand boʻlib, ustoz Mubashshir Ahmadni obroʻsizlantirishga qaratilgan xabarlarni birin-ketin ovoza qila boshlashdi.
-
Ustoz haqida bu kabi asossiz xabarlar tarqatilishiga sabab boʻlgan IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov ham xatosini tan oldi. Uning aytishicha, Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 244-2-moddada nazarda tutilgan jinoyatda gumonlanmayotgani, axborot tarqatishda texnik xatolikka yoʻl qoʻyilgan.





















