Isroil-Livan quladi
- 01
- 02
Isroil hukumati Livan bilan frontda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan keskinlashuvga tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻshimcha 50 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilar chaqiruvini maʻʻqulladi. Faol zaxiradagi askarlarning umumiy soni shimolda Livan bilan ehtimoliy janglarga tayyorgarlik koʻrish uchun 300 ming nafardan 350 minggacha koʻtarildi. Livan bilan chegarada Isroil harbiy kuchlari soni ortib bormoqda.
Isroil-HAMAS mojarosi tufayli bugun falastinliklarning shafqatsizlarcha qirilayotgani, yosh goʻdaklar, keksalar va ayollarning genotsidga uchrayotgani Yaqin Sharqdagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Hatto ziddiyatga Livanning katta nufuzga ega boʻlgan “Hizbulloh” harakatining aralashib qolish ehtimolini yuzaga keltirdi. Toʻgʻri, hozircha Isroil va “Hizbulloh” oʻzaro jangi chegaradosh hududlarni oʻqqa tutish bilan chegaralangan. Ammo ziddiyat 2006 yil iyulidagi 34 kunlik, Isroilning magʻlubiyatiga olib kelgan urush kabi keng qamrovli harbiy harakatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Azon Global sisiy tahlilchi Abduvali Soyibnazarovning bu boradagi mulohazalarini eʻʻtiboringizga havola etamiz.