Isroil-Livan quladi
-
Oq uyning xabar berishicha, Livan va Isroil oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha AQSh nazorati ostidagi kelishuv yana uch haftaga, 2025 yil 18 fevralgacha uzaytirildi.
-
Isroil matbuoti "Hizbulloh" va Isroil armiyasi oʻrtasidagi ikki oylik urush davomida Livan va Isroil koʻrgan zararning qiyosiy tahlilini chop etdi.
-
Isroilning Beyrutga tungi zarbalaridan soʻng Taʻʻlim vazirligi Livan poytaxtidagi barcha maktab va oliygohlarni yopishga qaror qildi. Isroil tajovuzi sababli shusiz ham minglab oʻquvchi-talabalar qochqinlarga aylangan, maktablardan esa boshpana sifatida foydalanish boshlangan edi.
-
Livan janubida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha qurbonlar bor, jumladan, “Hizbulloh” bilan toʻqnashuv natijasida Isroil armiyasining zaxiradagi mayori, 228-“Alon” brigadasining 9308-batalʻoni qoʻmondoni oʻrinbosari Aviram Xarib hamda 7338-“Adirim” artilleriya polkidan 27 yoshli Saʻʻar Eliad Navarski oʻlgan.
-
Livan janubidagi Qana qishlogʻi uchinchi bor Isroil armiyasi tomonidan qirgʻin qilindi. 1996 va 2006 yillarda boʻlgani kabi, Gʻarb matbuot ushbu qishloqda oʻnlab tinch aholi vakillari halok boʻlganini sovuqqonlik bilan qabul qilmoqda. “Bu esa irqchi Gʻarb mediasi uchun sionistlarning hayoti qimmatliligi, arablar esa faqat oʻlim koʻrsatkichlari yangi rekordlarni oʻrnatgandagina yoritilishi kerak boʻlgan gʻayriinsoniy mavjudotlar sifatida koʻrilishini anglatadi”, - deb yozadi jurnalist va yozuvchi Robert Inlakesh.
-
Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida Livanning turli hududlariga havo hujumlarini uyushtirishda davom etmoqda, natijada 94 kishi halok boʻldi, 168 kishi tan jarohati oldi. Livan SSV hujumlar natijasida jami 748 kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.
-
Livanda 34 kishining oʻlimiga va 3500 ga yaqin kishining jarohatlanishiga sabab boʻlgan peyjerlar va ratsiyalarning portlashi Hizbulloh saflarida katta xavfsizlik muammolari mavjudligini ochib berdi. Harakat ichiga portlovchi modda va mayda metall sharchalar joylashtirilgan qurilmalarni bilvosita MOSSADga tegishli kompaniyadan sotib olgan.
-
Isroil 15 iyuldan buyon Livan janubiga 5736 marotaba hujum uyushtirib, 540 ga yaqin kishining oʻlimiga sababchi boʻldi. 1850 kishi jarohatlangan. Shuningdek, 1800 gektardan ziyod maydon yongan, 28 mingga yaqin oila xavfsiz hududlarga koʻchirilgan. Isroil tomonida ham yoʻqotishlar mavjud. Xususan, mamlakat shimolidagi 43 ta aholi punkti evakuatsiya qilingan, 1500 dan ortiq bino, transport vositalari va infratuzilmaga zarar etgan.
-
Isroilning Livanda keng koʻlamli urushni boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotlari fonida Quvayt TIV rahbari amirlik fuqarolarini "Isroil va Hizbulloh oʻrtasida qurolli mojaro boshlanishi xavfi tufayli mamlakatni tezroq tark etish"ga chaqirdi. Quvaytliklarni koʻchirish uchun birinchi bort Bayrutga etib keldi. Buning uchun bir nechta samolyotlar safarbar qilingan.
- 01
- 02





















