Shimoliy Irlandiya politsiyasi Doun grafligidagi masjidga hujum qilgan islomofob jangari shaxsni aniqlab, hibsga oldi. U asosan bangladeshliklar boradigan masjid binosiga molotov kokteylini uloqtirgan, biroq moʻʻʻjizaviy tarzda yongʻin chiqmagan.
Nigeriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya va Indoneziya Britaniyadagi fuqarolarini mamlakat miqyosida sodir boʻlayotgan tartibsizliklar hamda "musulmonlar yoki rangli odamlar"ga qarshi hujumlar fonida odamlar gavjum joylarga borish va sayohat qilishdan ogohlantirib, ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qilmoqda.
Britaniyaning Plimut shahrida muhojirlar va musulmonlarga qarshi tartibsizliklarni amalga oshirgan oʻta oʻng guruhning olti nafar aʻʻzosi qoʻlga olindi. Politsiya bayonotiga koʻra, toʻqnashuvlar chogʻida irqchilikka qarshi parallelʻ oʻtkazilayotgan namoyishda radikallarni ishtirokchilardan ajratib turgan politsiya xodimlari yaralangan.
Britaniyada “oʻta oʻng qanot bezorilar” tomonidan mamlakat boʻylab musulmonlar va qora tanlilarga qarshi pogromlar uyushtirildi - oʻtkinchi qora tanlilar kaltaklandi, masjidlarga hujumlar amalga oshirildi. Bunga musulmon boʻlmagan va Britaniyada tugʻilgan qora tanli oʻsmirning bolalarga pichoq bilan hujum uyushtirgani sabab boʻldi. Mamlakat bosh vaziri bezorilarni javobgarlikka tortishga vaʻʻda berdi.
Britaniyaning Sautport shahrida dushanba kuni raqs darsida nomaʻʻlum shaxs bolalarga hujum qildi, ulardan uch nafari halok boʻldi, bir qanchasi yaralandi. Hujumchining Ugandadagi genotsiddan qochib, Britaniyada panoh topgan oilaning 17 yoshli oʻgʻli amalga oshirgani aytilmoqda. Hodisadan soʻng shaharda tartibsizliklar roʻy berdi, yuzlab oʻta oʻng ekstremistlar Islam Society masjidiga hujum uyushtirdi.
Bugun jamiyatdagi islomofoblar tomonidan hijobga qarshi harakatlar boshlangan davrda, maʻʻsuma oʻzbek qizlarining libosiga berkingan erkak kishining «topilishi» alohida ahamiyatga oid keys hisoblanadi. Voqealar rivoji xuddi hujraning sovuqligi uchun Qurʻʻoni karimni oʻrgatishni butkul taqiqlash yoʻlidan ketib, bitta laʻʻnati* erkak kishining hijoblangani uchun hijobni taqiqlash stsenariysi oʻynaladimi yoki erkakni bu laʻʻnati ishdan qaytarib, ayollarning ayollar libosini kiyib yurishiga qoʻyib beriladimi,
Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Frantsiyani Parijdagi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollarga hijobda qatnashishni taqiqlab, xalqaro inson huquqlari qonunchiligini buzganlikda aybladi. Oʻtgan yilning sentyabrʻ oyida Frantsiya sport vaziri frantsuz sportchilariga tadbirlar vaqtida diniy ramzlarni namoyish etish, jumladan, roʻmol taqiqlanishini aytgan edi.
Moskva viloyatining Malaxovka posyolkasida yashovchi musulmonlar hududdagi masjid Tergov qo‘mitasi va boshqa idoralarning doimiy tekshiruv obyektiga aylanganidan shikoyat qilib, videomurojaat yuborishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ayrim faollarning turli idoralarga qilgan murojaatlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bunday faollar masjid avtoturargohi noto‘g‘ri joyda joylashganini, o‘simliklarga zarar yetganini, ichkilikbozlik, giyohvandlik, musiqa tinglash kuzatilayotganini ta’kidlab, ibodatxonani yopishni talab qilmoqda.
Shvetsiyada musulmonlarga va Islomga qarshi jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bu kabi hodisalar butun mamlakat miqyosida keng tarqalgan boʻlib, masjidlarga hujum uyushtirish va hijobli ayollarni haqorat qilishdan tortib, ish joyida yoki jamiyatda Islomga qarshi soʻzlarni aytish kabilarda namoyon boʻlmoqda. “Afsuski, biz bunday ishlarga oʻrganib qolganmiz”, – deydi Bosniya islom uyushmasi aʻʻzosi Mirza Babovich (66). U eski namozxonlar zalida islomga qarshi ramzlar chizilgani, qurilish maydonchasiga choʻchqa qoldiqlari tashlab ketilgani va deraza oynalari sindirib ketilgani kabi holatlarni esga oldi.
London sharqida joylashgan Britaniyadagi eng yirik masjidlardan biridan terror hujumi tahdidi kelib tushgani sababli masjid va yaqin-atrofda joylashgan uchta 700 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Tahdid tasdiqlanmadi, ammo nafrat bilan bogʻliq ehtimoliy jinoyat boʻyicha tergov olib borilmoqda. Tezkor tadbirlar natijasida masjidning 37 yillik tarixida birinchi marta shom azoni aytilmagani maʻʻlum qilindi.