Hindiston
-
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi soʻnggi haftalarda Donalьd Tramp bilan toʻrt marta telefon orqali suhbatlashishdan bosh tortgan. FAZ nashrining yozishicha, Modi AQSh prezidentining Hindiston iqtisodiyotini "oʻlik" deb atagani va hind mahsulotlariga qoʻshimcha 25% boj joriy qilganidan norozi.
-
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Hindiston mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy etganidan soʻng, Hindistonda McDonald's, Coca-Cola, Amazon va Apple kabi Amerika brendlarini boykot qilishga chaqiriqlar koʻpaydi.
-
"Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz ajoyib ishladi. Yaqinda xarid qilgan S-400 tizimimiz oʻyin qoidalarini oʻzgartirdi. Bu yuqori texnologiyalar qoʻllanilgan urush edi. 80-90 soatlik urush davomida biz ularga juda katta zarar etkazdik. Shu bois ham, pokistonliklar bizga muzokara qilish haqida xabar yuborishdi", degan hind generali.
-
Hindiston hukumati mamlakatdagi musulmonlarni noqonuniy ravishda Bangladeshga haydamoqda. “The Guardian”ning yozishicha, surgun qilinayotgan musulmonlarni Bangladesh tomoni qabul qilmayapti va ularni ortiga qaytarmoqda.
-
Hindiston Pokistonga oqib oʻtadigan uchta daryoning “ortiqcha suvi”ni oʻzining Panjob, Xaryana va Rajastxan shtatlariga yoʻnaltirmoqchi. Buning uchun 113 kilometr uzunlikdagi kanal qurish ishlari olib borilmoqda.
-
Prezident Shavkat Mirziyoev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taъziya maktubi yoʻlladi. Maъlumot uchun, Hindistonda halokatga uchragan Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bortidagi barcha 242 kishi halok boʻldi. Hodisa bugun, 12 iyunь kuni Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida sodir boʻlgan.
-
Oldinroq, Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida mamlakatdagi 487 ta aeroportdan 32 tasini yopgan edi. Mamlakatlar oʻrtasidagi kelishuvdan soʻng, ushbu aeroportlarning barchasi oʻz faoliyatini qayta boshlagan.
-
The New York Times nashrining yozishicha, Hindiston AQSh bilan yaqinlashgani sababli, 2010 yildan buyon Rossiya qurollarini sotib olishni 50 foizdan koʻproqqa qisqartirgan va amerika, frantsuz hamda isroil tizimlariga koʻproq eъtibor qaratmoqda. Pokiston esa Xitoy bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirdi – mamlakat harbiy texnikasining qariyb 80 foizi Xitoydan keltiriladi: J-10C qiruvchi samolyotlari va uzoq masofaga uchuvchi raketalari shular jumlasidandir. Hozirda mamlakat Xitoy tizimlarini sotib olishni ikki baravarga koʻpaytirmoqda.
-
U agar Nьyu-Dehli "Sindur" harbiy operatsiyasini toʻxtatsa Islomobod Hindiston bilan mojaroni kuchaytirishni rejalashtirmayotganini aytib oʻtgan. Shuningdek, vazir Hindiston chekinadigan boʻlsa, Pokiston javob choralari koʻrmasligini, aks holda, mamlakat oʻzini himoya qilishga majbur boʻlishini qoʻshimcha qilgan.
-
Bugun, 7 mayga oʻtar kechasi Hindiston Pokiston tomonidan boshqariladigan Kashmirdagi bir nechta nuqtalarga raketa zarbalarini berdi. Tahlilchilarga koʻra, bu voqea yadro quroliga ega ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning sezilarli darajada yomonlashganini va ularning toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy harakatlarga kirishganini koʻrsatadi. Hindiston va Pokistonning asosan musulmonlar istiqomat qiluvchi Jammu va Kashmirdan tashqari ham boshqa konflikt nuqtalari bor: chunki asrlar davomida hindlar va pokistonliklar oʻrtasidagi qorishganlik darajasi yuqori emas. Bu esa oʻzaro ziddiyatni yanada olovlantirmoqda. Oʻtgan asrda yadroviy toʻqnashuv AQSh va SSSR oʻrtasida modellashtirilgan boʻlsa, hozirda bunday toʻqnashuv boʻlishi mumkin boʻlgan davlatlar deb Hindiston va Pokiston deb koʻriladi.





















