Pokiston havo kuchlari Hindistonning ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirdi.
Mashgʻulotlar doirasida havo hujumi signalizatsiyasini sinash, elektr taъminotini vaqtincha toʻxtatish va evakuatsiya protokollarini tekshirish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda Pokiston ixtiyorida taxminan 150 ta yadroviy kallak bor.
Pokiston va Hindiston oʻrtasidagi tarixiy Kashmir nizosi yana avjiga chiqdi. Nьyu-Dehli sayyohlarga qilingan hujum uchun Pokistonni ayblar ekan, Islomobod xalqaro tergov talab qilmoqda. Bu orada esa yadro qurollariga ega ikki qoʻshni davlat oʻrtasidagi tortishuv butun mintaqani halokat ostonasiga olib kelishi mumkin. Siyosatshunos Abduvali Soyibnazarov maqolasidan.
Hindistondagi xususiy maktabda muassasa daromadlari ortishi uchun etti yoshli bola qurbonlik qilindi. Ushbu ish yuzasidan maktab taʻʻsischisi va uning direktor boʻlib ishlovchi oʻgʻli, shuningdek, uch oʻqituvchi hibsga olingan. Hindiston Milliy Jinoyatlarni qayd etish byurosi maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatda 2014-2021 yillar davomida 103 odam qurbonlik qilingan.
Bangladeshda musson yomgʻirlari tufayli roʻy bergan suv toshqini, koʻchki va daryo toshishi oqibatida halok boʻlganlar soni 27 kishiga etdi, 2 kishi bedarak yoʻqoldi. Yogʻingarchiliklar oqibatlaridan butun mamlakat boʻylab 5,6 millionga yaqin odam jabrlandi, 35 ming bosh chorva mollari xavfsiz hududlarga koʻchirildi.
Hindistonning toʻgʻonni ochib yuborishi Bangladeshda katta hududlarni suv bosishiga sabab boʻlib, gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi. Bunga qoʻshni mamlakatda yaqinda hindularga hujum qilinganiga javob sifatida yoʻl qoʻyilgani sabab ekani aytilmoqda. Umuman, kuchli yogʻingarchiliklar va suv toshqinlaridan Bangladeshda 4,5 million kishi jabrlandi, oxirgi uch kun ichida 13 kishi halok boʻldi.
Soʻnggi paytlarda Rossiya kompaniyalari MDHdan tashqari mamlakatlardan ishchilarni qidirish boʻyicha faolligini sezilarli darajada oshirdi. Deyarli barchani hayratda qoldirgan narsa – mehnat zaxiralarining hatto Afrikadan ham jalb qilingani! Bundan tashqari, ushbu jarayon bir necha yil oldin boshlangan va faqat jadal rivojlanmoqda.
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi ayol yoʻlovchilar parvoz vaqtida oʻzlarini qulay his qilishlari uchun dunyoda birinchi boʻlib oʻrindiqlarni erkak yoʻlovchilardan alohida tanlash imkoniyatini taqdim etdi. Endilikda, onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida sayohatchilar yonida oʻtirgan yoʻlovchilarning jinsini koʻrishlari va agar xohlasalar, boshqa ayollar yonidagi oʻrindiqlarni tanlashlari mumkin boʻladi.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hatras tumanidagi qishloqlardan birida mashhur voiz Bhole Babani tinglash uchun yigʻilgan olomon tiqilinch hosil qildi. Natijada eng kamidi 116 kishi halok boʻldi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Guvohlarning aytishicha, tiqilinchga odamlar ruhoniyga yaqinlashish va hokipoyini olishga intilishi sabab boʻlgan.