Britaniya tashqi ishlari vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari va Moʻgʻilistonga tashrifini boshladi. Britaniya TIV rahbari ilk bor Tojikiston va Qirgʻizistonda boʻldi. Oʻzbekistonga esa oxirgi marta 1997 yilda tashrif buyurgan.
Londonda 15 ming kishi qatnashgan Falastin tarafdorlari yurishi oxirida ikki nafar ortodoksal yahudiy ravvini “antisemitizmni qoʻzgʻatgani uchun” hibsga olindi. Yurish tashkilotchilari politsiya harakatlarini tanqid qildi.
Britaniya hukumati bir necha oylik oʻrganishlardan soʻng harbiy xizmatchilarga soqol qoʻyishni taqiqlovchi tartibni “eskirgan” deb topdi. Oʻtkazilgan soʻrovlarda 54 foiz erkaklar soqol yoki moʻylov qoʻyishni afzal koʻrishi aniqlangan. Ushbu qarordan soʻng Britaniya armiyasida xizmat qilishni xohlovchi yoshlar soni ortishi kutilmoqda.
Evropa sudi Londonning noqonuniy muhojir va qochqinlarni oʻz mamlakatiga chiqarib yuborish rejasiga cheklov kiritsa, Britaniya Evropa Inson huquqlari kengashi tarkibidan chiqishini maʻʻlum qildi.
Muslim Aid xalqaro musulmonlar xayriya jamgʻarmasi direktori Xalid Javid Britaniyada qashshoqlik misli koʻrilmagan surʻʻatda oʻsayotgani, uning tashkiloti masjidlarda tarqatayotgan oziq-ovqat yordamini olishga musulmon boʻlmaganlar ham kelayotganini maʻʻlum qildi.
Faollar Britaniya hukumatining Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlariga nisbatan pozitsiyasiga norozilik sifatida fuqarolarni soliq toʻlashni toʻxtatishga chaqirmoqda. Mamlakatda 14 martdan buyon “Genotsid uchun soliq yoʻq” kampaniyasi oʻtkazilmoqda.
Britaniya Musulmonlar Kengashi (MBC) bosh kotibi Zara Muhammad mamlakat Mudofaa vazirligi tashkilot bilan 12 yillik aloqalarini tugatganini maʻʻlum qildi.
Britaniya hukumati “ayrim antimusulmon kuchlarning keskinlikni keltirib chiqarishiga yoʻl qoʻymaslik uchun” britaniyalik musulmonlarni himoya qilishga 4 yil davomida 117 million funt sterling (taxminan 150 million dollar) ajratishga qaror qildi. Yangi mablagʻ masjidlar, musulmon diniy maktablari va boshqa jamoat markazlarini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron “qaysi soha va korxonalar, taʻʻlim muassasalari bilan hamkorlik qilish kerakligini biladigan barcha bilan davra suhbati oʻtkazish” uchun Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Avvalroq parlamentda Britaniyaning MO davlatlari bilan aloqalari samarasiz yoʻlga qoʻyilgani tanqid qilinib, Rossiya va Xitoyning mintaqadagi taʻʻsirini kamaytirish choralarini koʻrishga chaqirilgan edi.
Husiylarning Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan inglizBritaniya kemalari Afrikani aylanib oʻtishga majbur boʻlayotgan sababli Britaniyada choy tanqisligi kuzatilmoqda. Bu tanqislik bir necha oy davom etishi mumkin.