Eron va Isroildagi oʻzbekistonliklarga harbiy va boshqa davlat obъektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video suratga olmaslik; odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroqda boʻlish; mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan koʻrsatmalarga soʻzsiz rioya qilish, zarurat tugʻilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yoʻl olish tavsiya etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev taklifiga binoan "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun bugun, 17 iyunь kuni amaliy tashrif bilan Ostonada boʻladi. Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy raisi Si Tszinpin ishtirok etadi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endi Oʻzbekistonda jinsini oʻzgartirgan fuqaro ismi-sharifini ham almashtirishi mumkin.
Niderlandiyadagi inson huquqlari tashkilotining yangi hisobotida uygʻurlar va boshqa turkiy xalqlarning majburiy mehnati bilan bogʻliq mineral xomashyolarni sotib olayotgan xalqaro kompaniyalar roʻyxati eъlon qilindi. Ushbu roʻyxatda Nescafé, Coca-Cola, Carrefour, Walmart, Disney, Starbucks va yana 60 dan ortiq brendlar mavjud.
Turkmaniston orqali taxminan 120 nafar Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlat vakillari evakuatsiya qilingan. Ularga transport vositalari, ovqat, mehmonxona va zarur kundalik ehtiyojlari bilan yordam koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ChatGPT orqali diniy savollarga javob olish joiz emasligini maъlum qildi. Idoraga koʻra, ChatGPT platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga toʻgʻri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, baъzan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois sharъiy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali echim topish darkor.
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini Urgut tumani “Agropromi” xodimi Z.Amonov deb tanishirgan amaldorning videomurojaati tarqalgandi. U oʻz soʻzida pilla, gʻalla va paxta rejasini bajarmagan, soliqlarni toʻlamagan fermer xoʻjaliklarining erlari xitoylik investorlarga berilishini aytgan. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur holatga oʻz munosabatini bildirdi.
Oʻzbekistonning isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yashayotgan oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi. Jumladan, mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini eъtiborga olib fuqarolar oʻzining shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishi va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik tavsiya etildi. Shuningdek, zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar joylarga bormaslik qoʻshimcha qilindi.
Rossiya Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Vitaliy Yakovlevning iddao qilishicha, mamlakatdagi migrantlar orasida eng koʻp jinoyatni oʻzbekistonliklar sodir etyapti. Unga koʻra, joriy yilning birinchi choragida xorijliklarga tegishli jinoyatlarning 35,5 foizi Oʻzbekiston fuqarolariga toʻgʻri keladi. Bu boradagi ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni mos ravishda tojiklar hamda qirgʻizlar egallagan. Oldinroq, Rossiya qamoqxonalaridagi markaziy osiyoliklar majburan urushga yuborilayotgani haqida xabar bergandik.
Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan ushbu ikki davlatda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralariga qatъiy rioya qilishi soʻraldi.