Vazirlar Mahkamasining qaroriga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endi Oʻzbekistonda jinsini oʻzgartirgan fuqaro ismi-sharifini ham almashtirishi mumkin.

Buning uchun u tegishli arizani topshirish barobarida sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan jinsni oʻzgartirish toʻgʻrisida berilgan tibbiy xulosasini ham taqdim etishi kerak.

Sobiq deputat Rasul Kusherbaevning izohlashicha, yangi tartibga koʻra, Dilshod ismini hech qanday toʻsiqlarsiz Dilshodaga oʻzgartirish mumkin boʻladi.

Avval jinsini oʻzgartirgan taqdirda tugʻilganlik, vafot etganlik, nikoh va boshqa guvohnomalarga oʻzgartirish kiritish mumkin edi. Biroq ism-sharifni faqat tarixiy va milliy anъanalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunning 15-moddasiga binoan oʻzgartirishga ruxsat berilgandi.

Bu kabi oʻzgartirishlar kiritishda xalqimizning xohish-irodasi va ming yillik anъanalari hisobga olinmayotgani afsuslanarlidir.

Mavzuga aloqador