Oʻzbekistonda yopiq sud majlislari maъlumotlarini sud ruxsatisiz oshkor qilish endi jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. 

Yangi qonunga koʻra, bu uchun 18,75 mln soʻmgacha jarima yoki 3 yilgacha qamoq koʻzda tutilgan.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ishni yopiq sud majlisida koʻrish uchun asoslar mavjud boʻlganda sud ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maъlumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.

Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga (Surishtiruv yoki dastlabki tergov maъlumotlarini oshkor qilish) muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.

Qonun rasmiy eъlon qilingan kundan eъtiboran kuchga kiradi.

Mavzuga aloqador