Qozogʻiston rossiyalik deputatlarning mamlakatga kirishini taqiqladi
Joriy yilning 27 aprelь kuni Rossiya MDH mamlakatlari instituti xodimi va tarixchi Andrey Grozin Ostonaga etib kelgach, Qozogʻiston hududiga kirishiga ruxsat berilmadi.
Garchi u aprelь oxirida bir qancha tadbirlarda ishtirok etish uchun rasmiy taklif olgan boʻlsa-da, uning Qozogʻistonga kirishi taqiqlangan shaxslar roʻyxatida ekani maъlum qilindi.
Oldinroq, oʻzini tarixchi deb tanitayotgan Grozin prezident Toʻqaevning obroʻsiga putur etganini aytgan, hokimiyatga goʻyo “Turkiston legioniga” mayl bildiruvchi “natsiklar” (millatchilar) kelganini iddao qilgandi.
Manbaga koʻra, Qozogʻistonga kirish taqiqlangan shaxslar roʻyxati mavjud, biroq bu roʻyxat yopiq va toʻliq tarkibi nomaъlum. Ilgari bu roʻyxatda shartli ravishda Vladimir Jirinovskiy birinchi oʻrinda turgan.
Hozirgi kunda esa Tina Kandelaki, Tigran Keosanyan, Aleksandr Dugin, Nikita Mendkovich,
Davlat Dumasi deputatlari Evgeniy Fedorov, Vyacheslav Nikonov va Petr Tolstoy, shuningdek, Konstantin Zatulinga ham Qozogʻistonga kirish taqiqlangan.













