Qozogʻiston hukumati 9 may sharafiga yurish oʻtkazishni taqiqladi
Qozogʻiston shaharlarida 9 may kuni Rossiyaning “Oʻlmas polk”iga oʻxshash yurishlar oʻtkazishga ruxsat berilmadi.
Current Times xabariga koʻra, mamlakatning eng yirik shahri — Olmaota maъmuriyati tadbirni oʻtkazishdan bosh tortgan.
Rus tilida soʻzlashuvchi aholi ulushi katta boʻlgan Pavlodar va Petropavlovskda esa rasmiylar aktsiyani internetda oʻtkazishni va frontchilarning fotosuratlarini maxsus LED-ekranlarga joylashtirishni taklif qilgan.
Amaldorlar taqiq sababini boʻsh maydonlarning yoʻqligi bilan izohlamoqda.
Taqiqni chetlab oʻtishga har qanday urinish ruxsatsiz miting sifatida baholanadi. Bu jarimaga tortish yoki hibsga olishga olib kelishi mumkin.
Shunga qaramay, “Oʻlmas polk”ni qoʻllab-quvvatlovchilar Qozogʻiston prezidentiga SSSR bayrogʻi bilan murojaat yoʻllagan.
Ular oʻzlarini “gʻalaba vorislari” deb atagan va sovet ramzlarida hech qanday qingʻirlik yoʻqligini taъkidlagan.












