Ostona shahrida boʻlib oʻtgan II Markaziy Osiyo mediaforumida Qozogʻiston madaniyat va axborot vaziri Aida Balaeva mintaqa davlatlari tomonidan yagona telekanalni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotganini maъlum qildi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.


Vazirning taъkidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari boy tarixiy meros va madaniy qadriyatlarini birgalikda ommalashtirish yoʻlida axborot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.


“Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari umumiy telekanal va mintaqaviy media-platforma tashkil etish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu tashabbus mintaqaviy axborot hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan”, dedi Aida Balaeva.


Loyihaga koʻra, kontent almashish, treninglar, fake xabarlarga qarshi kurashish va yosh jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash rejalashtirilgan. Aida Balaeva Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ham ushbu tashabbusga qoʻshilishga chaqirdi.



Mavzuga aloqador