Qozogʻistonda yadroviy ilm-fanni rivojlantirish strategik maqsadlardan biri sifatida belgilandi. Kaztag.kz nashrining xabar qilishicha, prezident Toqaev mamlakat atom energetikasi, yadroviy tibbiyot, vodorod energetikasi va sunъiy yoqilgʻi ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga alohida eъtibor qaratmoqda. 


Manbaga koʻra, soʻnggi yillarda mamlakatda ilm-fanga ajratilayotgan mablagʻ hajmi 3,5 barobarga oshgan. Bugungi kunda Qozogʻistonda 25 mingdan ortiq olim faoliyat yuritmoqda, ularning yarmi 40 yoshdan kichik. 


Shuningdek, ilmiy loyihalarga 14,5 milliard tenge miqdorida xususiy investitsiyalar jalb qilingan va natijada 2 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgan, deyiladi xabar matnida. 


Prezident Toqaev universitetlar va biznes vakillarini ilmiy markazlar bilan yanada yaqindan hamkorlik qilishga undadi va olimlarni taqdirlash marosimida u yosh tadqiqotchilarga uy kalitlarini ham sovgʻa qildi.

Mavzuga aloqador