Qirgʻizistonda qimmatbaho qabrtosh qoʻyish va "uch, toʻrt, etti" kabi turli marosimlarni oʻtkazish taqiqlandi
Qirgʻiziston muftiysi dafn marosimlari bilan bogʻliq fatvo chiqardi. Unga koʻra, marhumning uyida birinchi uch kun davomida qoramol soʻyish va mehmonlarga taom tortish taqiqlanadi. "Uch, toʻrt, etti, yigirma, qirq" va boshqa marosimlarni oʻtkazish ham joiz emas.
Bundan tashqari, muftiylik qabr ustiga marmar, temir va granitdan qabr toshlari, haykal yoki yodgorlik oʻrnatish mumkin emasligini maъlum qilgan. Latta tarqatish, belbogʻ taqish, "oq-koʻk" kiyish va boshqa odatlar isrofgarchilik sanalib, qatъiyan man etilgan. Qolaversa, fatvoda marhumni tezroq dafn etish shariat talabi ekani, jasadni hech qanday sababsiz 2-3 kun ushlab turish shariatga toʻgʻri kelmasligi taъkidlangan.
Ushbu qaror jamoatchilik orasida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi, deb yozadi "Azattik" nashri.
"Agar pulingiz koʻp boʻlsa, uni etimlarga yoki beva-bechoralarga bering. Islomda boʻlmagan odatlardan qanchalik tez qutulsak, bu hayotimizga ham ijobiy taъsir qiladi", degan muftiy oʻrinbosari Akimjon Ergeshov turli eъtirozlarga oʻz munosabatini bildirar ekan.













